"Real" endi Mbappening transferiga harakat qilmoqchi emas

"Real" endi Mbappening transferiga harakat qilmoqchi emas

"Real Madrid" kelasi yozda "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish uchun boshqa urinishlar qilmoqchi emas, deb xabar beradi AS.

Fransiya terma jamoasi futbolchisi 2022 yilning yozida ispan klubiga o‘tishga yaqin edi. Biroq so‘nggi daqiqada Mbappe parijliklar bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

23 yoshli futbolchining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali hujumchining narxini 160 million yevroga baholamoqda.

Mbappe joriy mavsum Fransiya 1-ligasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!