"Real" YECHL g‘olibligi uchun qancha ishlab olganini bilasizmi?

"Real" YECHL g‘olibligi uchun qancha ishlab olganini bilasizmi?

Ispaniyaning Marca nashri Chempionlar ligasidagi ishtiroki uchun klublar oladigan mablag‘ni e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) 2021/22 yilgi mavsumda uchta yevrokubokda ishtirok etuvchi klublar o‘rtasida taqsimlash uchun 2,7 milliard yevro ajratgan.

Qayd etilishicha, ushbu summaning 2,03 milliard yevrosi Chempionlar ligasi va UYEFA Superkubogida ishtirok etgan klublar o‘rtasida taqsimlangan.

Evropa ligasi ishtirokchilari 465 million yevro, Konferensiyalar ligasi ishtirokchilari esa 235 million yevro oladi.

Bundan tashqari, har bir klub Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi ishtiroki uchun 15,64 million yevro oladi. Shuningdek, har bir g‘alaba uchun klublarga 2,8 million yevro, durang uchun esa 930 ming yevro to‘lanadi. 1/8 final ishtirokchilari 9,6 million yevrodan, 1/4 final ishtirokchilari har biri 10,6 million yevrodan, 1/2 final ishtirokchilari 12,5 million yevrodan, final ishtirokchilari 15,5 million yevrodan oladi.

Shuningdek, UYEFA so‘nggi 10 yilni hisobga olgan holda har bir klub koyeffisiyenti bo‘yicha taqsimlash uchun 600,6 million yevro miqdorida mablag‘ni saqlab qoladi.

Eng past koyeffisiyentga ega klub 1,1 million yevro oladi, eng yuqori koyeffisiyentga ega klub esa 36,4 million yevro oladi.

Joriy reytingda “Real Madrid” yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o‘rinda “Bavariya”, “Barselona” va “Atletiko” bormoqda.

Shu tariqa, Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan “Real Madrid” jami 123,8 million yevro mukofot oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!