"Real" "Bavariya" futbolchisini Kroosning o‘rniga sotib olmoqchi

"Real" "Bavariya" futbolchisini Kroosning o‘rniga sotib olmoqchi

Madridning “Real” klubi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan yarim himoyachi Toni Kroosning o‘rniga futbolchi qidirmoqda. 34 yoshli nemis 2024 yilgi Yevropa chempionatidan so‘ng butsasini mixga iladi.

AS jurnalistlarining xabar berishicha, “qirollik” klubi “Bavariya” va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Joshua Kimmix variantini ko‘rib chiqmoqda. Yarim himoyachining nemis grandi bilan shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning potensial transferi 60 million yevroga baholanmoqda.

Bundesliga so‘nggi mavsumida Kimmix 28 ta o‘yin o‘tkazdi. Yarim himoyachi bitta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!