Ravshan Haydarov Yangi Zelandiya bilan durangdan so‘ng nimalar dedi?

Ravshan Haydarov Yangi Zelandiya bilan durangdan so‘ng nimalar dedi?

O‘zbekiston U-20 milliy jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov JCh 2-turida Yangi Zelandiya bilan o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng (2:2) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, biz ochkolarni yo‘qotdik. Afsuski, turnir jadvalidagi holatimiz yana jumboqligicha qoldi. O‘yinga bo‘lgan munosabat yigitlarda yuqori edi, Yangi Zelandiya vakillari bosim yo‘qligi sabab 2 ta qarshi hujumdan unumli foydalanib ketishdi. O‘yinni nazorat qildik, butun bahs davomida vaziyatlar yaratdik. Afsuski, ularni kechroq golga aylantirdik. Keyin esa bizga vaqt yetmadi. Imkoniyat bor, keyingi o‘yinda o‘sha imkoniyat uchun kurashamiz", - dedi Haydarov.

Keyingi turda hamyurtlarimiz Gvatemala bilan, Yangi Zelandiya esa Argentina bilan to‘qnash keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!