Ravshan Haydarov - O‘zbekiston bilan rasmiy musobaqalarda 2 marta g‘alaba qozongan birinchi murabbiy

Ravshan Haydarov - O‘zbekiston bilan rasmiy musobaqalarda 2 marta g‘alaba qozongan birinchi murabbiy

O‘zbekiston U20 jamoasi Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionati finalida Iroqni 1:0 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibi bo‘ldi.

Natijada, Ravshan Hadarov O‘zbekiston bilan rasmiy musobaqalarda 2 marta g‘alaba qozongan birinchi murabbiy bo‘ldi. U 2018 yilda Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U23 jamoasi bilan finalga chiqib, Vyetnam yoshlar jamoasini qo‘shimcha taymlardan keyin 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

O‘zbekistonning turli yoshdagi jamoalari bilan finalga chiqqan barcha murabbiylar va ularning natijalari:

1. Rustam Akramov – 1994 yili Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston milliy jamoasi bilan finalga chiqib, Xitoyni 4:2 hisobida mag‘lub etgan.

2. Ahmadjon Ubaydullayev – 2008 yilda Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U19 jamoasi bilan finalga chiqib, BAA yoshlar jamoasiga 1:2 hisobida yutqazgan.

3. Aleksey Yevstafeev - 2010 yilda Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U16 jamoasi bilan finalga chiqib, KXDR o‘smirlar jamoasiga 0:2 hisobida yutqazgan.

4. Dilshod Nuraliyev - 2012 yilda Eronda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U16 jamoasi bilan finalga chiqib, Yaponiya o‘smirlar jamoasini penaltilar seriyasida 3:1 hisobida mag‘lub etgan (asosiy vaqt 1:1).

5. Ravshan Haydarov - 2018 yilda Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U23 jamoasi bilan finalga chiqib, Vyetnam yoshlar jamoasini qo‘shimcha taymlardan keyin 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

6. Temur Kapadze - 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U23 jamoasi bilan finalga chiqdi. Hal qiluvchi bahsda Saudiya Arabistoni yoshlar jamoasiga 0:2 hisobida yutqazdi.

7. Ravshan Haydarov - 2023 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U20 jamoasi bilan finalga chiqib, Iroq o‘smirlar jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!