Rasul Kusherbayev: «O‘zavtoMotors»ning soliq kodeksi bo‘yicha belgilangan yig‘imni to‘lamagani haqida: "Biz bunday imtiyoz berilishiga qarshimiz!"

Rasul Kusherbayev: «O‘zavtoMotors»ning soliq kodeksi bo‘yicha belgilangan yig‘imni to‘lamagani haqida: "Biz bunday imtiyoz berilishiga qarshimiz!"

Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «O‘zavtoMotors» AJning Soliq kodeksiga binoan to‘lashi kerak bo‘lgan 582.6 mlrd. so‘m mablag‘ni to‘lamay kelayotgani yuzasidan fikrini bildirdi

Deputat bu boradagi fikrlarini "Telegram" kanali orqali quyidagicha ifodalagan:

«Respublika bo‘yicha faoliyat yuritayotgan jami 10008 ta maktabdan 1752 tasi mukammal ta’mirga muhtoj, 1228 ta maktablarda o‘quvchilarning qatnov darajasi 1.8 koeffisiyentdan yuqori.

Mamlakat kelajagi, Vatan ravnaqi uchun birinchi navbatda shunday muammolarni byudjet hisobidan hal etish masalasi turganda bizning erkatoy, yarim ishlab chiqaruvchi va yarim savdogar monopolchimiz «O‘zavtoMotors» AJ «imtiyozli ravishda» 2020 yilning to‘qqiz oyi davomida 582.6 mlrd. so‘m miqdoridagi yig‘imni davlat byudjetiga to‘lamagan.

Kamiga keyingi yil ham shunday 3 foizlik yig‘imni to‘lamaslik imtiyozini saqlab qolishi mumkin.

Biz bunday imtiyoz berilishiga qarshimiz», – deya yakunlaydi.

Ma’lumot uchun, avvalroq «O‘zavtoMotors» AJ tomonidan Soliq kodeksiga binoan to‘lanishi kerak bo‘lgan yig‘im puli (582.6 mlrd. so‘m) 2020 yil davomida to‘lanmasdan kelinayotgani ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!