Rasman! Tuxel - "Bavariya"ning yangi bosh murabbiyi!

Rasman! Tuxel - "Bavariya"ning yangi bosh murabbiyi!

Germaniyaning "Bavariya" klubini Tomas Tuxel boshqaradi.

“Mayns”, “Borussiya Dortmund”, “PSJ” va “Chelsi” klublarining sobiq bosh murabbiyi Myunxen klubida Yulian Nagelsmanning o‘rnini egalladi.

49 yoshli germaniyalik murabbiy “Bavariya” bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Bu qaror klub rahbari Oliver Kan va sport direktori Hasan Salihamidjich tomonidan qabul qilingan va prezident Gerbert Xayner bilan kelishilgan.

Tuxel "Bavariya" boshidagi ilk o‘yinini 1 aprel kuni Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi o‘z uyida o‘tkazadi. Chempionlar ligasining 1/4 finalida jamoa “Manchester Siti” bilan uchrashadi.

Tuxel murabbiylik faoliyati davomida Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Fransiya chempionati kabi 10 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!