Rasman! Mirziyoyev ertaga Turkiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Turkiya poytaxti Anqara shahriga tashrif buyuradi. O‘zbekiston prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining “Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami” mavzusida navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.
Sammit yaqinda Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila tufayli yuzaga kelgan favqulodda holatni muhokama qilish uchun yuqori darajali platforma vazifasini o‘taydi, deyiladi rasmiy xabarda.
Sammit ishtirokchilari TDT doirasida tabiiy ofatlarni va favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashadi.
Sammit doirasida, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.