Rasman! Ektor Kuper O‘zbekiston milliy terma jamoasidan ketdi

Rasman! Ektor Kuper O‘zbekiston milliy terma jamoasidan ketdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘rtadagi mavjud shartnomani o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilishdi.

2018 yilning avgust oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan argentinalik mutaxassis bosh jamoamizga 1 yildan ortiqroq muddat davomida ustozlik qildi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Ektor Kuper hamda uning boshchiligidagi murabbiylar shtabiga O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!