Ramzan Qodirov: "Hakam sotilgan, sen "kozyol"san" (VIDEO)

Ramzan Qodirov: "Hakam sotilgan, sen "kozyol"san" (VIDEO)

Bundan 8 yil oldin, Rossiya futbol ligasi o‘yinlarida noodatiy janjal kelib chiqqan. 

O‘sha kuni Grozniyda chechenlarning Terek jamoasiga qarshi Qozonning Rubin komandasi qarshi maydonga tushgan. Har ikki komanda uchun ushbu o‘yin strategik-jiddiy hisoblanardi, Terek turnirda outsayderlik pog‘onasidan chiqib ketish uchun g‘olib bo‘lishi, Rubin esa ro‘yxatda yetakchilikni qo‘ldan boy bermaslik uchun durrang o‘ynasa ham yetarli edi.

O‘yinning 87 daqiqasida, Terekning bir o‘yinchisi ikkichi sariq kartochkadan so‘ng, qizil kartochka olib maydondan chetlatiladi. Hamma narsa odatdagidek bo‘layotgan edi. Ammo to‘satdan stadion karnaylaridan “HAKAM SOTILGAN, SEN ECHKISAN” degan baland ovoz eshitiladi. Aniqlanishicha mikrofondan baqirgan odam -  Checheniston boshlig‘i Ramzan Qodirov ekan. 

Dunyo Futbol ligalari qoidalari bo‘yicha bunday xarakatlar ahloqsiz deb toriladi va o‘sha stadion mezboni bo‘lgan komandaga katta jarimalar belgilagadi. Ammo bu o‘yindan so‘ng Terekga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan, jarimalar qo‘llanilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!