Ramazon oyi sabab APLda qoidalar o‘zgaradi

Ramazon oyi sabab APLda qoidalar o‘zgaradi

Ramazon tufayli Angliya Premyer-ligasida qoidalar o‘zgarishi mumkin. Sky Sports xabariga ko‘ra, kechki o‘yinlarda vaqtinchalik asosda islomga e’tiqod qiluvchi futbolchilar uchun pauza joriy etilishi mumkin. Tanaffus paytida futbolchilar ovqatlanishlari mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, uchrashuvlar oldidan hakamlar ovqatlanish uchun tanaffusga muhtoj bo‘lishi mumkin bo‘lgan futbolchi va murabbiylarni aniqlab oladi. Tanaffuslar oldindan kelishib olinadi.

“Arsenal” ayni damda Angliya Premyer-ligasida peshqadamlik qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!