Rahbar bo‘lish osonmi? O‘zbekistondagi yagona ayol-rektor bilan intervyu

A A A
Rahbar bo‘lish osonmi? O‘zbekistondagi yagona ayol-rektor bilan intervyu

Gulchehra Rixsiyeva intervyu davomida ayol-rahbar bo‘lishning o‘ziga xos jihatlari, ilm yo‘lini tanlagan xotin-qizlar uchun yaratilajak qulayliklar hamda mamlakatda avj olgan «reyting poygasi» haqida to‘xtaldi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni ayyomi arafasida Sputnik O‘zbekiston muxbiri O‘zbekistondagi yagona ayol-rektor – Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti rahbari Gulchehra Rixsiyeva bilan suhbatda bo‘ldi. Rektor intervyu davomida ayol rahbar bo‘lishning o‘ziga xos jihatlari, ilm yo‘lini tanlagan xotin-qizlar uchun yaratilajak qulayliklar hamda mamlakatda avj olgan «reyting poygasi» haqida to‘xtaldi.

Gulchexra Rixsiyeva 1971 yil Toshkent viloyati Zangiota tumanida shifokorlar oilasida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Sharqshunoslik institutida 2000 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Filologiya fanlari nomzodi, dosent.

2019 yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2019 yil iyul oyidan ToshDSHI rektori. Shuningdek, Respublika gender tenglikni ta’minlash komissiyasi a’zosi. Respublika Oliy ta’lim kengashi a’zosi.

- Gulchehra Shavkatovna, O‘zbekistonda ayol-rektor ham tayinlanganiga to‘qqiz oy bo‘libdi...

- Bu menga nisbatan bildirilgan katta ishonch, katta mas’uliyat, hatto chaqiriq, deyish mumkin. Lekin men O‘zbekistondagi birinchi ayol-rektor emasman. Mustaqillikning dastlabki yillarida tekstil institutini ayol-rektor boshqargan. Oxirgi yillarda mamlakatimizda har bir sohada jadal islohotlar amalga oshirilmoqda va bu islohotlarni ayollarning ishtirokchisiz hech ham tasavvur etib bo‘lmaydi. Prezidentimiz tomonidan ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tibor – ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini faollashtirishga yo‘naltirilgan.

Misol uchun, Parlamentimiz raisi etib ayol kishi – Tanzila Kamalovna Narbayeva tayinlangani yoki shu kunlarda guvohi bo‘layotganingiz – bir guruh ayollarimizning hokim lavozimiga tayinlanayotganliklari, yoki bo‘lmasa, Maktabgacha ta’lim vazirligiga ayol rahbar tayinlangani -  mamlakatimizda, biz, ayollarga ishonch ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Globallashuv jarayonlari butun dunyoda qiyin muammolarni keltirib chiqarayotgan bir paytda, ayniqsa, ijtimoiy munosabatlarda turli qiyinchiliklar bilan rivojlanish ro‘y berayotgan bir paytda, bizning mamlakatimizda ayollarga nisbatan bunday e’tibor katta demokratik jarayondan dalolat beradi.

Fikrimcha, umuman ta’lim jarayonini ayollarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi ham.

- Ta’lim jarayonida ayollar ko‘pchilikni tashkil etishi bu yaxshimi yoki yomon?

- Albatta, bu ikkiyoqlama qarashlarni keltirib chiqaradi. Maktab va oliy ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish maqsadida viloyatlarga uyushtirgan safarlarimiz davomida guvohi bo‘ldik-ki, maktab tizimida ayollar haqiqatan ham oxirgi yillarda juda ko‘p bo‘lgan. Lekin oxirgi ikki yil davomida davlat rahbarimiz tomonidan o‘qituvchilar mavqeini oshirish masalasiga juda katta e’tibor qaratildi va o‘qituvchilarning ham moliyaviy jihatdan, ham ularning shart-sharoitlarini yaxshilash jihatdan amalga oshirilgan ishlar natijasida erkak o‘qituvchilar o‘z faoliyatiga qaytayotganliklarini ko‘ryapmiz. O‘g‘il-qizlarimiz tarbiyasida ayollar bilan baravar erkaklar ham faol ishtirok etishlari lozim. Chunki gap shaxsni shakllantirish jarayoni haqida bormoqda.

- Ruslarda bir maqol bor: “Novaya metla metet po novomu”, degan. Ya’ni har bir yangi rahbarning o‘ziga xos boshqaruv usuli, prinsiplari bo‘ladi. O‘tgan 9 oy davomida institutda o‘z tartib-qoidalaringizni joriy etishga ulgurdingizmi?

- Rektor etib tayinlanishim mamlakatimizda tubdan o‘zgarishlar bo‘layotgan paytga to‘g‘ri keldi, buni bilasiz. Ammo amalga oshirilayotgan ishlarni faqatgina o‘z faoliyatim tufayli, deb baholay olmayman. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘ziga xos an’ana va tajribaga ega bo‘lgan dargoh. Jamoamiz judayam axil, jips. Shaxsan men bu bilan faxrlanaman va faqat jamoa bilan nimagadir erishish mumkinligiga ishonaman. Qayerda axillik bo‘lsa, kollektiv jips bo‘lsa, qanday reja qo‘ymang, uni bajarishga ko‘proq imkoniyat bo‘ladi.

Ulkan istiqbolli rejalarni o‘z ichiga qamrab olgan 2030 yilgacha Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangach, biz ham o‘z navbatida jamoamiz bilan Sharqshunoslik instituti kelajagi qanday bo‘ladi, yangi kun talablaridan kelib chiqqan holda qanday qilib raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash mumkin, degan masalani  o‘z oldimizga qo‘ydik. O‘tgan 9 oy davomida talabalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy o‘quv metodikalarini olib kirish, yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish, doktoranturada qamrovni kengaytirish jamoamizda yaratilayotgan ilmiy ishlar natijalarini kengroq targ‘ib etishga e’tibor qaratdik.

- Oliy ta’lim tizimidagi yangiliklardan biri, bu shubhasiz, milliy reytinglar e’lon qilinishi bo‘ldi. Nima deb o‘ylaysiz, mana shu reytinglar oliy ta’lim maskanidagi ta’lim sifatini qay darajada ob’ektiv baholaydi?

- Institutimiz 2017 yil eng kuchli beshtalikda bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda edik. Unga qadar beshinchi o‘rinda kelganmiz. 2018 yilda ikkinchi o‘rinda edik.

Ammo oxirgi reytingda 10 o‘ringa tushib ketdik. Shaxsan men uchun bu raqobat kuchayganini anglatadi. Bilasizmi, ilgarilari hamma OTMlar ham bunday reytinglar mazmunini tushunmas edi, shu bois o‘sha vaqtlarda raqobat bugungi kundagidek bo‘lmagan. Endi esa boshqa oliy ta’lim dargohlari ham ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lgandagina, jahonga chiqa olishini, bundan keyin befarq bo‘lish mumkinmasligini tushungandek.

- O‘zbekiston o‘z oldiga Markaziy Osiyoda ta’lim xabiga aylanish kabi ulkan vazifani qo‘ygan. Ammo yana bir holat bor, ko‘pgina o‘zbekistonlik yoshlar ushbu mintaqadagi boshqa davlatlar OTMlarini tanlab chiqib ketmoqda.

- Haqiqatan Markaziy Osiyoda xab bo‘lish muhim vazifa qilib belgilangan. Buning uchun, aynan, har bitta oliy ta’lim muassasasida ta’limni internalizasiyasi masalasi yuzasidan yo‘l xaritasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan. Xab bo‘lish uchun ikki tomonlama shartnomalarni kuchaytirish, hamkor universitetlarda malaka oshirish, u yerdagi yaxshi tajribani olib kelib, o‘zimizda joriy etish juda muhim. Shu bilan birga u yerdan professor-o‘qituvchilarni olib kelib talabalar uchun ma’ruza darslari, o‘qituvchi, magistr va doktorantlar uchun esa master klasslarni tashkil etish ham yaxshi samara beradi.

Talabalarni qisqa va uzoq muddatli stajirovkaga yuborish, chet ellik talabalarini bizning institutimizga jalb qilish masalasi ham bor. Agar mana shu ishlarning hammasini amalga oshiradigan bo‘lsak, haqiqatdan O‘zbekiston habga aylanishi mumkin. Buning uchun bizda salohiyat mavjud.

- Sharqshunoslikda xorijiy talabalar soni qancha?

- Hozir 43 nafar talaba bor. Xitoy, Yaponiya, Koreyadan shartnoma yoki o‘zaro almashinuv asosida kelib o‘quvchi stajyor talabalar bor. Ular o‘zbek va rus tillarini o‘rganishadi.

- Ayol rektorning tayinlanishi ilmga chanqoq xotin-qizlarda umid tug‘diradi. Ya’ni ular endilikda sizdan ayollar uchun shart-sharoitlar yaratilishini kutishadi. Institut hududida yosh bolali ayollar uchun sharoitlar mavjudmi?

- Albatta, bizning mintaqada oilaga jamiyat tayanchi sifatida qaraladi. Bunda ayolning o‘rni, albatta, katta. Institutimiz bitiruvchilari ichida doktoronturaga kirish, ayol sifatida ham jamiyatda ham oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lishni xohlovchi qizlarimiz juda ko‘p. Yosh bolali talabalarimiz ham ko‘p. Bolasi yosh bo‘lishiga qaramasdan, bizda mustaqil tadqiqotchilikka kirgan va ustozi bilan birga ishlaydi. Ular bilan masofaviy aloqa o‘rnatilgan.

Ammo yaqin kelajakda institut hududida ona va bola xonasini joriy qilmoqchimiz. Siz bilan uchrashib turgan mana shu bino rekonstruksiyasi bo‘yicha talabnoma tayyorlangan. Agar bu amalga oshadigan bo‘lsa, ona va bola xonasi, sosial zonalar tashkil etish mo‘ljallangan. Rejalar ko‘p va katta. Umuman, ona va bola xonalarining oliy ta’lim muassasasida joriy qilinishi allaqachon boshlab yuborilgan. Chunki talabalarning ko‘pi turmushga chiqqan va yosh bolali.

- Ayol-rektor va oila, oiladagi majburiyatlar tushunchasi qanchalik bir-biriga to‘g‘ri keladi? So‘ramoqchi bo‘lganim, qanday qilib ham rahbarlikni ham uy yumushlarini uddasidan chiqyapsiz?

- Farzandlarim ulg‘ayib, o‘z yo‘lini topgan. Shu bois menda hozir imkoniyat keng (jilmayadi). Lekin men ham hozirgi kunga erishgunga qadar oilada boshqa ayollar singari kelin bo‘lganman. O‘zbek ayoli sifatida boshqa ayollar nimani boshdan kechirgan bo‘lsa, o‘shalarning barini boshdan o‘tkazganman. Aspiranturada o‘qiganimda ikki farzandni onasi edim, ammo bunga qaramay, oiladagi majburiyatlarimni ham unitib qo‘ymaganman. Farzand tarbiyasiga ham vaqt ajratganman. Shu bilan bir qatorda ilmiy ishimni yozish va o‘z ustimda ishlash uchun ham kuch topganman. Birinchi navbatda bu oiladagi muhitga bog‘liq. Oilangiz sizni qo‘llab-quvvatlasa hammasini uddalasa bo‘ladi. Ko‘pchilik qizlar oilangizdagilar sizga nimadir qilishi, yordam berishi kerak, deb hisoblashadi. Men uchun muhimi men erishgan yutuqlardan xursand bo‘lishgani va shu ish bilan shug‘ullanishimga rozi bo‘lishganligi. Bunda qaynonamning xizmatlari katta. U kishi mening fan nomzodi bo‘lishimni juda ham xohlaganlar. Meni yutuqlarimdan faxrlanganlar. Bu narsa menga motivasiya bo‘lgan. Ammo bu narsa menda uy ishlariga kimdandir yordam olishga, bolalarimga enaga yollashga sabab bo‘lmagan. Doim barchasiga o‘zim ulgurishga harakat qilganman. Ayollik vazifamni to‘liq bajarganman. Hozirgi kunda qizim ham, kelinim ham huddi shunga o‘rganishgan.

- Ayol rahbarni erkaklar tan oladimi, ular bilan ishlash qiyin emasmi?

-     Bu jarayonda faqat hamkorlik orqali ishlash mumkin. Albatta o‘z prinspim bor, ammo jamoada, “men rahbarman” deb emas, komanda a’zosiman deb ishlashni ma’qul ko‘raman. Jamoada avtoritar emas, demokratik tizim asosda ish olib boramiz. Yoshi ulug‘ ustozlar bilan ota yoki onamdek, o‘z tengqurlarim bilan do‘stdek, kichiklari bilan singlim yoki ukamdek muomala qilaman.

- Ijtimoiy tarmoqlarda faolmisiz?

- Albatta, Facebook, Telegram"da sahifalarim bor. Qolaversa, virtual qabulxonam ham bor. Talabalar istalgan vaqtda menga murojaat bilan chiqa olishadi.

- Siz uchun eng katta yutuq nima?

- Institut talabalari to‘g‘risida aytilgan ikki og‘iz yaxshi so‘z. Chunki bu dargohni ikkinchi oilam, talabalarni esa farzandlarimdek qabul qilaman. Ota-ona o‘z farzandlari yutuqlaridan quvongani singari, men ham talabalarimiz yutuqlaridan shunday faxrlanaman.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Shomurodov yangi klubda 3 mln yevro maosh olmoqchi

"Metaratings.ru" нашри хабарига кўра, Саудия Арабистони клублари Ўзбекистон терма жамоаси ва "Истанбул Бошакшеҳир" ҳужумчиси Элдор Шомуродовга қизиқиш билдирмоқда.

Qurbonlar bor! Qarshi tumanida sodir bo‘lgan portlash to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Дастлабки маълумотга кўра, 4 та автомобиль (2 та кобалт, 2 та газ ташишга мўлжалланган автомобиль) ҳамда 2 та ер остидаги ёқилғи сақлаш резервуари ёниб зарарланган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

JChda Masharipovning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Фотосессиялар йирик мусобақалар олдидан жамоаларнинг барча футболчилари ва бош мураббий иштирокида ташкил этилади ва ташкилий қўмитанинг расмий фото суратчиси томонидан амалга оширилади.

Andijonda "kibr ko‘cha-2" ochildi (video)

Андижон шаҳрининг Қўшариқ даҳаси ҳудудида миллий қадриятлар ва замонавий қулайликлар мужассам бўлган янги гастрономик кўча фаолият бошлади.

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

Эълон қилинган расмий маълумотларга кўра, Ўзбекистон — Колумбия ўйини учун ҳозирги соатгача роппа-роса 74 725 та чипта сотиб бўлинган.

Rossiyada MAKS aviasaloni yana bekor qilindi

Россия Мудофаа вазирлиги буни "ҳозирги тезкор вазият" билан изоҳлади.

Ukraina frontida 18 yoshli Alisher halok bo‘ldi: 2008 yilda tug‘ilgan birinchi rossiyalik qurbon

BBC, «Медиазона» ва кўнгиллилар томонидан олиб борилган ҳисоб-китобларга кўра, Украинадаги уруш бошланганидан бери ҳалок бўлган 226 055 нафар россиялик ҳарбийнинг шахси тасдиқланган.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот котиби Шерзод Асадов бошчилигидаги делегация Россияда ташриф билан бўлди.

Gonkong OAV O‘zbekiston turizmiga yuqori baho berdi: vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar kutilmoqda

“HK TVB News Today” телеканали орқали Гонконг ва Ўзбекистон ўртасида визасиз режим муддати узайтирилаётгани ҳамда икки мамлакат ўртасида тўғридан-тўғри рейслар йўлга қўйилиши кутилмоқда экани, шунингдек, Гонконг сайёҳлик агентликлари икки томонлама туризмни ривожлантиришга умид билан қараётгани ҳақида материал эълон қилинди.

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati

Президент Фармони билан суд тизимида коррупциявий хавф-хатарларни барвақт аниқлаш ва олдини олишга қаратилган янги механизмлар жорий этилмоқда. Шу мақсадда Олий суд таркибида Комплаенс назорати хизмати ташкил этилиши белгиланган.

Sirdaryoda chiyabo‘ri odamlarga hujum qildi

Битта чиябўри 4 кишига ҳужум қилган. Шу маҳаллада яшовчи эркак тезкор чоралар кўриб, ҳайвонни зарарсизлантирган.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Associated Press (AP) хабар беришича, Халқаро жиноят суди (ХЖС) прокурори Карим Хонга қарши олиб борилган ички тергов унинг хизмат вазифаларини жиддий бузган бўлиши мумкинлигини кўрсатган.

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Аниқланишича, вафот этган фуқаро ота-она ва яқинлари билан бирга Туркияга сайёҳ сифатида келган.

Suriya davlatidagi terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 kishi qamaldi

«Саад Мухтор» тахаллусли мазкур шахс Telegram мессенжери орқали Фаластинда жабр кўрган мусулмонларга эҳсон қилиш ниқоби остида пул йиғиш билан шуғулланган.