R A S M I Y MUNOSABAT

R A S M I Y  MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqdagi ayrim kanallar va elektron nashrlarda B. Kudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) va boshqalarga oid jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa-da, raislik etuvchi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlariga sud jarayonini videotasvir va audioga olish cheklangani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha avvalgi sud majlisidan olingan lavhalar qator ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqdagi kanallarda turlicha talqinlar bilan e’lon qilingani, natijada jamoatchilikda noto‘g‘ri tasavvurlar shakllanishidan tashqari sudga nisbatan ijtimoiy bosim ehtimolini ham paydo qilmoqda.

Shundan kelib chiqib, raislik etuvchi tomonidan zarur prosessual choralar ko‘rilishi mutlaqo tabiiy, Qonun bunga izn beradi (O‘zR JPK, 408-modda). Qolaversa, bunday tartib xalqaro amaliyotda ham ko‘plab kuzatiladi.

Biroq sudning mazkur ajrimi sud majlisida jurnalist va blogerlarning ishtirokini uzil-kesil ta’qiqlamaydi. Ya’ni, ular jarayonni bevosita kuzatishi, o‘zlari uchun zarur qaydlar qilib borishi hamda turli bashorat va taxminlarga berilmagan holda axborotlar e’lon qilishiga mone’lik yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!