Quyosh nurlarining foyda va zararlari

A A A
Quyosh nurlarining foyda va zararlari

Quyosh bizga eng yaqin yulduzdir. Quyosh yuzi Yer yuziga o‘xshab qattiq va mustahkam emas. Buning isboti oddiy: Quyosh yuzining harorati 6000 S ni tashkil etadi. Bunday haroratda har qanday metal va tosh ham gazga aylanadi, shu sababli Quyoshni gaz shari deyish mumkin. Aslida Quyosh 75% vodorod gazi va 25% geliydan tashkil topgan. Quyosh materiyani energiyaga aylantiradi. Quyoshdagi shu energiya vodorodning geliyga aylanish termoyader reaksiyalar asosida vujudga keladi.

Quyoshdan keladigan nur Yerga yetib kelganda, katta qismi atmosfera qobig‘ida tutilib, qolgan qismi Yer sirtiga yetib keladi. Bu nurlarni oq nurlar deb yuritiladi. Ushbu nurlar prizma orqali kuzatilganda yetti xil rangga ajralishi, bundan tashqari, ultrabinafsha, infraqizil nur ham borligi ma’lum.

Quyosh odatda rangli va ko‘rinmas nurli to‘lqinlarni tarqatadi. Infraqizil va ultrabinafsha nurlar ko‘rinmas sanaladi. Ularni inson ko‘zi ilg‘amaydi, lekin ko‘rinmas nurlar inson organizmiga ko‘proq ta’sir o‘tkazadi.

Aynan infraqizil nurlar tanada qon aylanishi yaxshilanishiga xizmat qiladi. O‘z navbatida, organizmdagi barcha hayotiy jarayonni faollashtiradi, kayfiyatni ko‘taradi, tetiklik va quvvat bag‘ishlaydi. Depressiyadan qutilishga ko‘maklashadi, shuningdek, og‘riq qoldirish xususiyatiga ham ega.

Ultrabinafsha nurlar esa Quyosh nurlari spektorining atigi 5 foizini tashkil etadi. Lekin bu ko‘rsatkich ortib ketsa, inson hayotiga xavf solishi mumkin. Aslida ultrabinafsha nurlar immun tizimi me’yorida ishlashini ta’minlaydi, kasalliklarga sabab bo‘luvchi bakteriyalarga qarshi kurashadi, tananing endokrin tizimini yaxshilaydi.

Quyosh nurlari butun Yer yuzi uchun juda foydalidir. Keling, uning qanday foyda va zararlari borligini ko‘rib chiqaylik.

Quyosh nurining insonga foydalari

  • Insondagi immunitet tizimini mustahkamlaydi.
  • Quyoshdan keladigan issiqlik va yorug‘lik insonning quvvatiga quvvat qo‘shadi.
  • Insondagi zararli bakteriyalarni yo‘q qiladi.
  • Quyosh nurlari ostida muayyan muddat toblanish tananing teri saratonidan, shuningdek, qovuq, oshqozon va yo‘g‘on ichak saratonidan himoyalanishiga sabab bo‘ladi.
  • Quyosh nurlari inson tanasida D vitamini hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu vitamin insonning suyaklari mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
  • Quyosh nurlari yurak bilan bog‘liq kasalliklardan himoya qiladi.
  • Tanadagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Tadqiqotlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, yoz faslida vafot etadiganlardan ko‘ra qish faslida vafot etadiganlar ko‘proqni tashkil etar ekan. Bunga sabab qishda Quyoshli kunlarning ozligidir.
  • Siqilish, tushkunlikning yo‘qolishiga xizmat qiladi.
  • Quyosh nurlari muayyan miqdorda ko‘z pardasiga yetib kelsa, tananing bo‘shanishiga sabab bo‘ladi.
  • Nurlar teridagi ayrim kasalliklarga qarshi kurashadi. Masalan, psoriaz, ekzema kasalliklariga.
  • Quyosh nurlari insonni qandli diabet va qon bosimining oshishi kasalliklaridan himoya qiladi.
  • Tanadagi qon aylanish ishining yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.
  • Bo‘g‘imdagi og‘riqlarning pasayishiga yordam beradi.
  • Sochga ham ko‘p foydasi bor. Soch to‘kilishining oldini oladi. Buning uchun har kuni Quyosh nurlari ostida o‘n daqiqa yurish kifoya.
  • Alsgeymer kasalligining oldini oladi.
  • Garvard universiteti mutaxassislarining so‘nggi izlanishlari Quyosh kam chiqadigan o‘lkalar aholisi orasida astma kasalligi ko‘proq uchrashi va u og‘ir kechishini ko‘rsatdi. Aslida Quyoshning astma kasalligini davolash xususiyati o‘tgan asrdayoq aniqlangan. O‘shanda shifokorlar astma bilan og‘rigan bemorlarga Quyoshli o‘lkalarga borishni tavsiya qilgan.
  • Quyosh inson tanasida serotonin va endorfin moddalari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Endorfinni xursandchilik gormoni, deyishadi. Olimlarning izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, yer yuzining shimolida istiqomat qiladigan aholida depressiyaga tushish holati janubda yashovchilarga qaraganda ko‘proq kuzatilar ekan va bu Quyosh nuri yetishmasligi bilan bog‘liq.
  • Inson atrofidagi hamma narsani ko‘rishi uchun yorug‘likka, nurga ehtiyoji bor. Agar Quyosh nuri bo‘lmasa, inson hech narsani ko‘ra olmaydi.

Quyosh nurining insonga zararlari

  • Oftob urishiga olib keladi. Bunda insonning ko‘ngli ayniydi, boshi og‘riydi, aylanadi, hatto hushidan ketish holati ro‘y berishi ham mumkin.
  • Quyosh nurida ko‘p yurish terining quruqshab borishiga sabab bo‘ladi.
  • Teri saratoniga sabab bo‘ladi.
  • Quyosh nuri ostida ko‘p yurish ko‘zning to‘rpardasi zararlanishiga olib keladi.
  • Terining qarishiga va ajin bosishiga olib keladi.
  • Terida dog‘lar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
  • Yuz va tanada sepkillar paydo bo‘lishiga olib keladi.
  • Sochning qurishiga, to‘kilishiga, rangining xiralashishiga sabab bo‘ladi.

Ehtiyot choralari

  • Quyosh nurlarining zararli ta’siridan terini himoyalash uchun tanani munosib narsa bilan yopish, boshni asrash uchun soyabonli boshkiyim kiyish, ko‘zni asrash uchun qora ko‘zoynak taqish kerak.
  • Ochiq rangli liboslar kiyish kerak. Eng afzali oq rangli, yenglari uzun bo‘lishi maqsadga muvofiq.
  • Havo issiq bo‘lgan paytlarda qora kiyim kiymaslik. Chunki qora rang issiqlikni qaytarmaydi, aksincha, yutadi. Natijada tananing qizib ketishiga sabab bo‘ladi.
  • Ko‘p miqdorda suv ichish. Bu suv issiq havodagi terlash natijasida yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini to‘ldiradi.
  • Tez-tez hammomga tushish orqali tanani sovutish va toza saqlash.
  • Uy, hovli atrofiga baland va zich bo‘lib o‘sadigan daraxtlardan ekib, uning soyasi vositasida hovlidagi havoning issig‘ini biroz yumshatish mumkin.
  • Kunduz kunlari Quyosh nurlari ostida yurmaslik tavsiya etiladi.
  • Davolanish maqsadida quyosh nuri ostida bo‘lish Quyosh vannasi , deb ataladi. Quyosh vannasi uchun eng qulay vaqt tonggi soat 6 dan 11 gacha va kechki 16 dan to quyosh botguncha. Bunda tonggi quyosh organizmni tetiklashtirsa, kechki payt tinchlantiradi. Shuningdek, ushbu vaqtda ultrabinafsha nurlar badanga tik tushmaydi va teriga chuqur kirib bormaydi. Bu esa terida kuyish va turli teri kasalliklari paydo bo‘lishining oldini oladi. Kun yarmida Quyosh nurlari jadal harakatlanadi va organizm uchun zararli sanaladi.

Quyosh nurlarining hayvon va o‘simliklarga ta’siri

  • Barcha tirik mavjudot Quyosh nuriga ehtiyoj sezadi.
  • Hayvonlar o‘zlarining ko‘payish mavsumlarini belgilashda Quyosh nurining ahamiyati juda kattadir.
  • O‘simliklardagi fotosintez jarayoni bevosita Quyosh nurlari bilan bog‘liq. Fotosintez jarayonida xlorofill degan modda o‘simlik barglarining yashil rangga burkanishiga xizmat qiladi.
  • Barcha o‘simliklarning unib-o‘sishi, g‘uncha tugishi, gullashi, meva solishi, mevasining rangga kirishida Quyosh nurining o‘rni kattadir.
  • O‘simliklarning nafas olishi, ya’ni o‘zidan kislorod chiqarib, karbonat angidrid gazini yutishi uchun ham Quyosh nurlari zarur.

Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, inson, hayvon va o‘simliklar yashashi, Yer yuzi tinch va barqaror holatda turishi uchun Quyosh nuri suv va havodek zarur ekan. Tiriklik uchun ushbu nurlarning ahamiyati nihoyatda katta ekan. Endi mana bu oyatga yaxshilab e’tibor beraylik.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:

وَالشَّمْسِ وَضُحَاهَا

Quyosh bilan va uning ziyosi bilan qasam (Shams surasi, 1-oyat).

Bu oyatda Alloh taolo Quyosh va uning ziyosi bilan qasam deyapti. Ziyosi degani nuri deganidir. Biz bilamizki, Alloh taolo Qur’oni Karimda nimalar bilan qasam ichgan bo‘lsa, bu o‘sha narsalarning ahamiyati kattaligini bildirish, ta’kidlash uchundir. Yuqorida o‘rganganlarimizdan ma’lum bo‘ldiki, Quyosh va uning nuri oddiy narsalar emas ekan. Balki ularning Yer yuzida hayot davom etishi uchun juda katta o‘rni, hissasi, ta’siri bor ekan. Bundan 1400 yil oldin Qur’oni Karimdagi bitta oyatning o‘zida Quyoshning va uning nurining naqadar ahamiyatli ekaniga ishora qilingan.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Eronning «ishtihasi» ortib bormoqda

Эрон ўзининг тинчлик келишуви лойиҳасини эълон қилди.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Xitoy AQShni ogohlantirdi

Хитой Ҳормуз бўғозидан фойдаланиш, Эрон билан савдо алоқалари ва энергетика келишувларини давом эттиришини маълум қилди.

Xitoy TIV Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha bayonot berdi

Хитой АҚШ президенти Дональд Трампнинг Ҳўрмуз бўғозини блокада қилиш ҳақидаги баёнотларидан сўнг, барча томонларни вазминликка чақирди.

Yurgen Klopp “Real”ga ikkita shart qo‘ydi — manba

Мадриднинг “Реал” клуби янги бош мураббий масаласида Юрген Клопп билан принципиал келишувга эришди. Бу ҳақда Football365 нашри хабар бермоқда.

Shaxmat. O‘zbek grossmeysterlari soni yana bittaga oshdi!

Ватандошимиз Ҳумоюн Бегмуродов Испанияда бўлиб ўтган “V OPEN CHESS MENORCA 2026” турнирида ажойиб натижа қайд этди.

Tramp Eronga shart qo‘ydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий амбицияларидан воз кечмас экан, Теҳрон билан келишувга эришиш имконсиз эканини таъкидлади.

35 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tilayotgan sumkadan sintetik narkotiklar topildi!

“Тошкент-Аэро” ИБК тезкор тузилмалари ва Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари билан ҳамкорликда аниқланган навбатдаги ҳолатнинг “қаҳрамон”и бир қарашда айбсиз айбдордек туюлади.

DXX xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirdi

Улар қўнғироқни интернет орқали юбориб, рақамни аввалдан сохталаштириб қўйганликлари боис, мобил компаниялар тизимида бу қўнғироқни ким ва қаердан амалга оширганини аниқлаш мушкул.

Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi

Судя тезкор тадбирда ашёвий далил билан қўлга тушган.

Ohangaron tog‘larida yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola tirik topildi

Қидирув-қутқарув ишлари 6,5 соатдан ортиқ давом этган.

Dunyoga «dahshatli darajada» ish o‘rni yetishmovchiligi xavf solmoqda

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Kreml Vengriya muxolifati rahbarini tabriklashdan bosh tortdi

Бу ҳақда Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков маълум қилди.

G‘azo qayta tiklanadimi yoki u yerda yangi, yanada yirikroq harbiy amaliyotlar boshlanadimi?

Трампнинг “тинчлик режаси” 1 млрд доллар ҳам йиға олмади.

Qonli xato: Nigeriyada bozorga hujum sabab 200 kishi halok bo‘ldi

Нигериядаги бозорга ҳужум оқибатида 200 киши ҳалок бўлди.

Akmal Shukurov ishi: Qamalgan sobiq sudyalar garov evaziga ozodlikka chiqdi

Ўз навбатида, Тошкент шаҳар суди раисининг собиқ ўринбосари Муроджон Мирзажоновга нисбатан қўлланилган қамоқ эҳтиёт чораси узайтирилган.

DXX qonundan ustun bo‘lishga uringan inspektorni qo‘lga oldi

Хусусан, у Тошкент шаҳрида яшовчи, 1995 й.т. фуқарога тегишли 7 турдаги, жами 187 дона қадоқда бўлган минерал ўғит маҳсулотларини “Навоий” чегара божхона пости орқали ўтказиб берганлиги эвазига 20 млн сўм талаб қилган.

Toshkent aeroportida chet ellik yo‘lovchi 6,3 kg marixuana bilan qo‘lga olindi

Йўловчининг қўл юки ва багажи кўздан кечирилганда, турли қадоқлар ичига яширилган 12 та полиэтилен ўрам аниқланган.

Bo‘stonliqda noqonuniy chiqindixona yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ тумани “Янги ҳаёт” МФЙ ҳудудида ноқонуний чиқиндихона юзага келгани акс этган видеоматериаллар ижтимоий тармоқларда тарқалди.

Tramp Xitoyni Eronga qurol yetkazsa, 50 foizlik boj bilan tahdid qildi

У бу ҳақда Fox Newsга берган интервьюсида маълум қилди.

Nigeriyada bozorga berilgan aviahujumda kamida 200 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Peskov: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi hududiy bahslar bir necha kilometr bilan cheklangan

Дмитрий Песковнинг айтишича, Россия ва Украина ўртасидаги ҳудудий келишмовчиликлар “атиги бир неча километр” доирасида жамланган.

Dunyo yangi jahon urushi davriga kirmoqda — The New York Times

Давлат раҳбарлари тобора ҳарбий кучни асосий таъсир воситаси сифатида қўлламоқда, маҳаллий можаролар эса бир-бирига тўғридан-тўғри таъсир ўтказа бошлаган.

«Men Eronni bir kunda, hatto bir soatda yo‘q qilib yuborishim mumkin edi, lekin xohlamayman», — Tramp

Бошқа баёнотлар: — Улар музокараларга қайтиб келиб, биз истаган ҳамма нарсани беради, деб ўйлайман. Мен ҳаммасини хоҳлайман. Менга 90% ҳам, 95% ҳам керак эмас. Мен ҳаммасини хоҳлайман;

Farg‘onada fuqarolar nomiga 1 mlrd so‘mdan ortiq onlayn kredit rasmiylashtirgan firibgar qo‘lga olindi

ИИБга мурожаат қилганлардан яна бири номаълум шахс томонидан номига 105 миллион 780 минг сўмлик ипотека кредити расмийлаштириб олинганини билдирган.

Livandagi havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2000 nafardan oshdi

Бу ҳақда Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилди.

Oq uy Eron va AQSh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi

Бу ҳақда АҚШ вице-президенти Жей Ди Вэнс матбуот анжуманида айтиб ўтди.