Qo‘shni Qirg‘izistonda uchuvchisiz boshqariladigan uskunalar yordamida qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ishlov berilmoqda

Qo‘shni Qirg‘izistonda uchuvchisiz boshqariladigan uskunalar yordamida qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ishlov berilmoqda

Qirg‘izistonlik fermerlar qishloq xo‘jaligi ekinlarini dronlar yordamida o‘g‘itlash, unga ishlov berish hadicini allaqachon o‘zlashtirib olgan.

Oldinroq bu haqida ushbu kanalga ma’lumot joylagan edik. Unda qishloq xo‘jaligi vazirligi bu tashabbusni 100% qo‘llab quvvatlaganini ko‘rish mumkin. Uchuvchisiz boshqariladigan moslamalar yordamida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish doim ijobiy natijani bergan.

Traktor polyaga kirmaydi, yoqilg‘i sarflanmaydi. Masalan dron-purkagichlar floti bilan ishlash orqali fermerlar pestisidlarning 30 foizini, suvning 95 foizini va yoqilg‘ining 90 foizi (yoqilg‘i narxi aql bovar qilmas darajada oshib ketishi fonida)ni tejashlari mumkin.

Ukraina ham Rossiya va Ukraina munosabatlarigacha bo‘lgan davrda mazkur usuldan juda keng foydalanib, barcha turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda mintaqada misli ko‘rilmagan "sakrash"ni amalga oshirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!