Qo‘shma Shtatlar barcha davlatlardan Eronning Isroilga hujumini qoralashni talab qildi

Qo‘shma Shtatlar barcha davlatlardan Eronning Isroilga hujumini qoralashni talab qildi

AQSh Davlat departamenti barcha davlatlardan Eronning Isroilga ballistik raketa hujumini qoralashda AQShga qo‘shilishini talab qildi.

Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Isroilni AQSh qo‘llab-quvvatlashiga yana bir bor ishontirib, «Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega» va «Eron bu hujumning oqibatlariga duch kelishi kerak»ligini takrorladi.

🗣 «Bugun men bu oqibatlar nima ekanligi haqida gapirmoqchi emasman, lekin biz isroillik hamkasblarimiz bilan o‘z harakatlarimizni muvofiqlashtirgan narsalar bor. O‘ylaymanki, bu hujumdan so‘ng biz ular bilan ehtimoliy javob choralarini muvofiqlashtiramiz», — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!