Eron prezidenti Isroilga qilingan hujumga izoh berdi

Eron prezidenti Isroilga qilingan hujumga izoh berdi

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Tehron urush qidirmayotganini, balki har qanday tahdidga qat’iy qarshilik ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Pezeshkiyon Eron Isroilning harakatlariga qonuniy huquqlar asosida javob berganini ta’kidlagan.

“Isroilning qonunbuzarliklariga qonunga muvofiq va Eron hamda mintaqa tinchligi va xavfsizligi uchun qat’iy javob berildi. Bu qadamlar Eron manfaatlari va fuqarolarini himoya qilish uchun qilingan. Netanyaxu bilishi kerak-ki, Eron urush qidirmayapti, balki har qanday tahdidga qat’iy qarshilik ko‘rsatmoqda, bu bizning kuchimizning bir qismidir”, deb yozdi Eron yetakchisi X sahifasida.

Pezeshkiyon, shuningdek, Isroilni Eron bilan ziddiyatga bormaslikka chaqirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!