Qur’oni Karimning matematik mo‘’jizalari

A A A
Qur’oni Karimning matematik mo‘’jizalari

Qur’oni Karim mo‘’jizaviy matematik alomatlarga ham to‘la. Zafar Hoshimov Facebook’dagi sahifasida ulardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tadi.

«Tabiiyki, bu faktlar mening tadqiqotim mahsuli emas. Yaqinda eski talabalik davrimdagi daftarlarimni ko‘zdan kechirib, tartiblayotganimda, ushbu yozuvlar tushirilgan konspektim qo‘limga tushib qoldi. Toshkent Davlat Universiteti matematika fakulteti uchinchi kursida, talabalik chog‘imda shu tadqiqotlarni har xil kitob va manbalardan yiqqan ekanman.

Ularning biri Mathematical Miracles of Qur'an, degan kitob ekan. Bu kitobning nomini shu konspekt hoshiyasiga yozib qo‘ygan ekanman. Afsuski, o‘shanda muallifning ism-sharifi va boshqa manbalarni yozishni unutibman», — deya izoh beradi Z. Hoshimov.

1) Kun (yaum) so‘zi Qur’onda 365 marta keladi.

Yilda 365 Kun bor.

2) Kunlar (ko‘plikda) so‘zi 30 marta kelgan.

Oyda 30 kun (hijriy 29-30, melodiy 30-31, o‘rtancha- 30 kun).

3) Kun so‘zining barcha shakllarida 475 marta keladi.

475=19*25.

Bunda bir yil ichida quyosh o‘z o‘qi atrofida 25 marta aylanar ekan. Quyosh va oy esa yerga nisbatan bir xil holatga har 19 yilda kelar ekan.

4) Huddi shuningdek yil so‘zi ham Qur’oni Karimda 19 marta ishlatiladi. Bir yil ichida Yer o‘z o‘qi atrofida 365 marta aylansa, oy 12 marta aylanadi. Faqat bu yerda noto‘liqlik bor, ya’ni matematik so‘zda «qoldiqlik» bo‘linadi. Har 19 qamariy yilda ushbu tafovut yo‘q bo‘lar ekan.

5) «Yil» (sinet, sinin) so‘zi Qur’onda ikki shaklda kelgan ekan. Sinet so‘zi 7 marta, sinin so‘zi 12 marta. Jami, yuqorida aytilganidek, 19 marta.

O‘sha 19 qamariy yilning 7 tasi 355 kun, 12si esa 354 kunni o‘z ichiga olar ekan.

6) Oy (shahr) so‘zi Qur’oni Karimda 12 marta kelgan.

7) Oy (Qamar) surasining birinchi oyatidan Qur’on yakunigacha 1389 oyat bor. Taajubki, inson Oyga ilk qadamini hijriy 1389 yili bosgan.

8) Quyosh so‘zi 33 marta, soya so‘zi 33 marta, sharq va g‘arb so‘zlari 16+17=33 marta, nur so‘zi 33 marta kelgan.

9) Yer so‘zi 12 marta, Dengiz so‘zi 32 marta kelgan. Ularning nisbati 0,375. Ma’lumki, sayyoramizda Yer va suv sathining nisbati ham 0,375 ga teng.

Arab harflarining har biri biror songa bog‘lik ekanligini eshitganmidingiz?

Masalan,

Ha=8, Dal=4, YA=10 va Dal=4.

Hadid- Po‘lat (Temir). Harflar yig‘indisi 26.

Temirning atom raqami 26. Mendeleev tug‘ilishiga hali 1300 yil qolgan edi.

57-sura Al Hadid. Alif =1 Lam=30. 1+30+26=57-suraning navbat raqami.

Temirning to‘rtdan bir izotopi 57. Qur’on oxirigacha bu surani inobatga olsak 58 ta sura qoladi. Temirning ikkinchi izotopi 58.

10) Nahl (asalari surasi).

Bu sura Qur’onning 16-surasi.

Shu bilan bir qatorda, erkak asalarida 16ta xromosoma mavjud ekan. Urg‘ochisida esa 2*16=32 ta xromosoma bor. Bu surada 128 ta oyat bor. 128=8*16=4*32. Bu surada nahl (asalari) so‘zi 68-oyatida (a) keladi. Bu oyat 13ta (b) so‘zdan iborat. Ushbu asalari so‘ziga qadar qiladigan suraning barcha so‘zlarini sanasak umumiy soni 884 bo‘ladi. 884= a*b=68*13. Balki bu shunchaki tasodifdir, Vallohu a’lam.

11) Bismillahir Rohmanir Rohim jumlasida 19 harf bor. (Shu o‘rinda 19 soni hozirgacha va bundan keyin ko‘p uchrashini ta’kidlab qo‘ymoqchiman). Fotiha surasida bundan keyin yana 6 ta oyat keladi. 19*6=114. Qur’oni Karimda 114ta sura bor. Fotiha surasi Qur’onning onasi, deb bejiz aytilmagan.

12) Qur’onda ota va ona so‘zlari har ikkalasi teng 117 marta kelgan.

13) Qur’onda aka-ukalar (axva) va qarindoshlar (aqrabo) so‘zlarining har ikkalasi teng 96 marta kelgan.

14) Ogohlantirish so‘zi va xavf so‘zlari ikkisi teng 124 marta kelgan.

15) Dunyo va Oxirat so‘zlari teng 115 marta kelgan.

16) Maloika va shayton so‘zlari teng 88 marta kelgan.

17) Naf va fasod so‘zlari 50/50 kelgan.

18) Uzoq va yaqin so‘zlari 10/10 kelgan.

19) Bilmoq va tushunmoq so‘zlari teng 29 marta kelgan.

20) Ayt (qul) va aytdilar (qalu) so‘zlari teng 332 marta kelishgan.

21) Nabi va naba so‘zlari 80 martadan uchraydi.

22) Oxiratni belgilovchi Soat va g‘oyib so‘zlari har ikkalasi teng 48 marta kelgan.

23) Bunisi juda yoqadi:

O‘qimoq (iqro) va najot izlamoq so‘zlari teng 17 martadan kelgan.

24) Kam (qalil) va shukur so‘zlari teng 75 marta uchraydi.

25) Mezon va isrof so‘zlari 23 marta kelgan.

26) Rahmat va hidoyat so‘zlari har ikkalasi teng 79 marta kelgan.

27) Bu juda go‘zali:

Alloh Qur’on oyatlarida inson yaratilishi bosqichlarini bir necha bor atab o‘tadi:

Tuproq (turab) 17 marta, tomchi (nutfa) 12 marta, muayyan osilib turish (alaq) 6 marta, chaynalgan et (mudg‘a) 3 marta, suyak (ezam) 15 marta va go‘sht/et (lahm) 12 marta.

Yig‘indisi- 17+12+6+3+15+12=65.

Inson (nas) so‘zi teng 65 marta kelgan.

Endi yana 19 soniga e’tibor qarasak.

Bu raqam Qur’onda alohida markaziy o‘rin egallaydi.

Avvalambor, 19 bu tub son. Shuning uchun keltirilayotgan misollarda gap aniq 19 haqida ketayotgani gumonsiz.

28) Bu raqam 74-Mudassir surasining 30-oyatida o‘zi keladi:

«Uning ustida 19».

29) Yodingizda bo‘lsa, arab alifbosi harflari raqamlarni belgilash uchun ishlatiladi degandim.

Vahid (bir, birlik, yagona) so‘zi Allohning birligini anglatadi.

Uning harflari vov (6 raqami), alif (1), ha (8), dal (4).

6+1+8+4=19.

30) Vahid so‘zi Allohga taaluqli holda Qur’onda 19 marta kelgan.

Allohga taaluqli bo‘lmagan holda Vahid so‘zi 7 marta yana keladi, faqat unda bu so‘z bilan oddiy jihozlar sifatlanadi. Masalan, eshik, oziq-ovqatlar va h.k.

31) Buni qarang, 31-bandda Mudassir surasining 31-oyati haqida gapirar ekanmiz. Bu aniq tasodif, men bunday mo‘ljallamagan edim.

Xullas, o‘sha oyat 19 raqami kelgan 30-oyatning davomida keladi va bu suraning eng uzun oyati bo‘lib, unda 57 so‘z bor. 19 raqami kelgan 30 oyat: «Uning ustida 19» uch so‘zdan iborat. 19*3=57 va 31-oyat 19 raqamining mohiyatini tushuntiradi. «...Biz faqat kofirlarni sinash uchun ularning sanog‘ini (o‘n to‘qqiz) qildik».

32) Ushbu 74-suraning birinchi 19-oyatida ham so‘zlar soni 57 ga teng.

33) Bu suraning 19 raqami kelgan 30-oyati va ungacha kelgan so‘zlarining soni 95 (19*5).

34) 30-suradagi 19 soniga qadar barcha harflar soni 361 ta (19*19).

35) Bu suraning 56-raqamlangan oyati bor, unga raqamlanmagan Bismillohni qo‘shsak, yana 57 (19*3) hosil bo‘ladi.

72- Jin surasi. 28-oyatda «...va barcha narsalarning sanog‘ini (Alloh) biladi. U sanalgan», deyilgan.

Bu oyatning oxirgi «sanalgan» so‘zi (adada) ushbu suraning oxirgi so‘zidir.

36) Adda (raqam, sanoq) so‘zi barcha ko‘rinishlarda Qur’onda 57 (19*3) marta keladi.

37) Keltirilgan oyat 72-suraning 28-oyati. Bu raqamlarni qo‘shsak 7+2+2+8=19.

38) Adada so‘zining o‘zi suraning 285-so‘zi (5*19).

39) Bu surada adada so‘zi ikki oyatda keladi—24 va 28-oyatlar. Bu ikki oyatdagi so‘zlarning umumiy soni 95 (19*5).

40) Mazkur suraning barcha oyatlari oxirgi so‘zlarining harflari soni 114 (19*6).

41) Ushbu 28-oyatda 28 ta so‘z bor. Ularning ba’zilari shu oyatda bir necha marta qaytarilgan. Ushbu qaytarilgan so‘zlarni sanamay (noyob) so‘zlarni sanasak, sanog‘ini yana 19 ta so‘z bo‘ladi. Bundan tashqari arab alifbosi 28 ta harfli bo‘lsa, bu oyatdagi biz aytgan 19 ta (noyob) so‘zlar 19 ta mutlaqo har xil arab harflari bilan tugaydi.

42) Adada so‘zi ’ayn+dal+dal+alif deb yoziladi. Bunda ’ayn Jin surasida

’ayn harfi 37 marta kelgan.

Dal harfi 54 marta

Alif harfi 216 marta kelgan.

Demak, 37+54+54+216=361=19*19.

43) Qur’onda sanoq/raqamlar jami 285 marta (19*5) kelgan.

Jin surasi 285 so‘zlik yagona sura bo‘lib, uning yakuni «sanalgan» (adada) so‘zi bilan tugaydi.

«Darhaqiqat, taajubli va qiziqarli faktlar. Aminmanki, har ilmga doir bunday mo‘’jizalar Qur’oni Karimda cheksiz mavjud. Yuqoridagi ma’lumotlar esa atigi daryodan bir tomchi», deya fikrlariga xulosa yasaydi muallif.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Maydagi "el-klasiko"ning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Испания Ла Лигаси 35-тури доирасида "Барселона" "Реал"ни ўз майдонида қабул қилади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

O‘zbekistonda sotilayotgan to‘rt Xitoy o‘yinchog‘ida xavf aniqlandi

Болалар ўйинчоқларида хавф аниқланди.

Abduqodir Husanov «Bernli»ga qarshi qanday o‘ynadi? (video)

«Шаҳарликлар»нинг 1:0 ҳисобидаги ғалабаси билан якунланган баҳсда ўзбекистонлик ҳимоячи майдондаги энг фаол ўйинчилардан бири бўлди.

Superliga. 9-turning dastlabki ikki o‘yinidan so‘ng turnir jadvalidagi holat bilan tanishing (foto)

Суперлигада 9-тур старт олди.

Putin butun Rossiya “front uchun” ishlashini talab qildi va bu holat Ikkinchi jahon urushi davrida bo‘lgani kabi bo‘lishi kerakligini aytdi

Путиннинг сўзларига кўра, “болалар, бувилар, аёллар пайпоқ тўқиган, фронтга посилкалар ва совғалар юборган”.

Buxoroda 18 yoshli ayol 3 kunlik chaqalog‘ini $4 mingga sotmoqchi bo‘ldi

Хабарга кўра, 2008 йилда туғилган, Бухоро туманида яшовчи фуқаро ҳали уч кунлик бўлмаган қиз фарзандини ғаразли мақсадда сотишга уринган.

Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 22 апрель куни Оролни қутқариш халқаро жамғармаси (ОҚХЖ) таъсисчи давлатлари раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этди.

RES 2026: bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan mintaqaviy deklarasiya imzolandi

Остона шаҳрида ўтказилаётган Минтақавий экологик саммит доирасида биоxилма-хилликни асраш соҳасида ҳамжиҳатлик ва қўшма ҳаракатларни кучайтиришга қаратилган Марказий Осиё ташаббусини ишга туширишга бағишланган “Минтақавий барқарорлик учун табиат билан уйғунлик” мавзусидаги юқори даражадаги сессия бўлиб ўтди. Ушбу тадбир минтақа давлатларининг табиатни муҳофаза қилиш идоралари, халқаро ташкилотлар ва ҳамкорларни бирлаштириб, Марказий Осиёнинг ноёб табиий меросини асраш бўйича келишилган ёндашувларни ишлаб чиқиш учун муҳим платформага айланди.

Telegram messenjeri orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarni aniqlash va fosh etish metodikasi

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari rivojlangan davrda Telegram messenjeri orqali amalga oshirilayotgan narkotrafikning zamonaviy usullari va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — kiberfazoda anonimlikni saqlashga urinayotgan jinoiy guruhlarni aniqlashda qo‘llaniladigan raqamli kriminalistika (Digital Forensics) va ochiq manbalardan razvedka qilish (OSINT) metodlarini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, maqolada "zakladka" tizimi, kriptovalyuta orqali hisob-kitoblar va sun’iy intellekt yordamida shubhali botlarni filtrlash imkoniyatlari batafsil yoritilgan.

Ostona sammiti: Shavkat Mirziyoyev qanday takliflarni ilgari surdi?

Қозоғистон пойтахти Остона шаҳрида Минтақавий экологик саммит — “RES 2026” ўз ишини бошлади (22–24 апрель). Ушбу форум давлатлар раҳбарлари, халқаро ташкилотлар, молиявий институтлар ва экспертлар ҳамжамиятини бирлаштириб, Марказий Осиёдаги экологик ҳамда иқлим муаммоларига ечим топиш учун энг йирик платформага айланди.

Lolaqizg‘aldoqni "peshonasidan o‘paman" deb payxon qilgan "qo‘shiqchi" opa jarimaga tortildi

Шунингдек, лолаларга шикаст етказган бошқа ҳуқуқбузарларга ҳам қатъий чоралар кўрилмоқда

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистонга амалий ташрифи дастури доирасида 22 апрель куни Марказий Осиё мамлакатлари, Мўғулистон, Озарбайжон, Грузия ва Арманистон делегациялари раҳбарлари билан биргаликда Остона шаҳридаги “EXPO” халқаро кўргазмалар марказида ташкил этилган Минтақавий экологик саммит кўргазмасидаги миллий павильонларни бориб кўрди.

“Mossad” xodimi Eronga qarshi operasiyalar vaqtida Isroil tashqarisida o‘ldirildi

Исроил ташқи разведка хизмати — Моссад раҳбари Давид Барнеа Эронга қарши операциялар давомида хизмат ходимларидан бири Исроилдан ташқарида ҳалок бўлганини маълум қилди.

Sudan urushi: ayollar va qizlar uchun dunyodagi eng og‘ir gumanitar inqiroz

БМТ маълумотларига кўра, 17 миллиондан ортиқ аёл ва қиз ҳозирда гуманитар ёрдамга муҳтож.

Tramp: Isroil meni Eron bilan urushga undamagan

АҚШ президенти Дональд Трамп Исроил уни Эронга қарши уруш бошлашга ҳеч қачон ундамаганини билдирди.

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 72 mingdan oshdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги сўнгги маълумотларни эълон қилди.

Xalqaro e’tirof: O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi

Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.

Germaniyada chap ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin oshdi — BILD

Бу ўтган йилга нисбатан учдан бирдан кўпроқ ўсишни англатади.

Rus tilida so‘zlashuvchi generalning Mossad rahbari etib tayinlanishi Isroilda tanqid qilindi

Маълумотларга кўра, рус тилида равон сўзлашувчи беларуслик муҳожир Роман Хоффман разведка хизматининг 14-раҳбари бўлди.

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

У “қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ташкил этиш ва ўтказиш”, шунингдек, “пул ювиш"да айбланмоқда.