Qur’oni karimda nomi kelgan payg‘ambarlarni bilasizmi?

Qur’oni karimda nomi kelgan payg‘ambarlarni bilasizmi?

Ular 25 nafar.

1. Odam (alayhissalom.):

«Va ta’lim berdi Alloh taolo Odamg‘a hamma narsaning nomini, keyin ro‘baro‘ qildi ani farishtalarg‘a, bas, dedi: «Bayon qilinglar mang‘a bu narsalarning nomlarini, agar rostgo‘y bo‘lsangizlar» (Baqara, 31).

2-7. Ibrohim (alayhissalom.), Ismoil (alayhissalom), Ishoq (alayhissalom), Ya’qub (alayhissalom), Muso (alayhissalom), Iso (alayhissalom):

«Siz deng: «Biz Allohg‘a iymon keltirduk va ul narsag‘aki, bizg‘a tushurildi va ul narsag‘aki Ibrohimg‘a va Ismoilg‘a va Ishoqg‘a va Ya’qubg‘a va aning avlodig‘a va ul narsag‘aki, berildi Musog‘a va Isog‘a va xamma payg‘ambarlarg‘a Parvardigorlari tarafidin. Bas, alardin hech birlarini ajratmasmiz va biz ul Parvardigorg‘a itoatkorlardurmiz» (Oli Imron, 84).

8-13. Nuh (alayhissalom), Ayyub (alayhissalom), Yunus (alayhissalom), Horun (alayhissalom), Sulaymon (alayhissalom), Dovud (alayhissalom):

«Taxqiq, Biz vahiy yuborduk sizg‘a va ham chunonchi, vahiy yuborib erduk Nuxg‘a va andin keyin kelgan payg‘ambarlarg‘a va vahiy yuborduk Biz Ibrohimg‘a va Ismoilg‘a va Ishoqg‘a va Yaqub avlodig‘a va Isog‘a va Ayubg‘a va Yunusg‘a va Horung‘a va Sulaymong‘a va berduk Biz Dovudg‘a Zaburni» (Niso, 163).

14-19. Yusuf (alayhissalom), Zakariyo (alayhissalom), Yahyo (alayhissalom), Ilyos (alayhissalom), al-Yasa’ (alayhissalom), Lut (alayhissalom):

«Va Biz unga Ishoqni va Ya’qubni berdik. Barchalarini hidoyat qildik. Bundan oldin Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Va uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso, Horunni (ham hidoyat qildik). Chiroyli amal qiluvchilarni ana shunday mukofotlaymiz. Va Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham. Hammalari ahli solihlardir. Va Ismoil, al-Yasa’, Yunus va Lutni ham. Barchalarini butun olamlardan afzal qildik» (An’om, 84-86).

20. Solih (alayhissalom):

«Va Samudga o‘z birodari Solihni (yubordik)...» (A’rof, 73).

21. Zulkifl (alayhissalom):

«Va Ismoil, Idris va Zulkiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir. Va ularni O‘z rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir» (Anbiyo, 84, 85).

22. Hud (alayhissalom):

«Va Odga o‘z birodari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o‘zga iloh yo‘q. Taqvo qilmaysizlarmi?!» dedi» (A’rof, 65).

23. Shu’ayb (alayhissalom):

«Va Madyanga o‘z birodarlari Shu’aybni (yubordik)...» (A’rof, 85).

24. Idris (alayhissalom):

«Va kitobda Idrisni esla. Albatta, u siddiq va nabiy bo‘lgan edi. Va uni oliy maqomga ko‘tardik» (Maryam, 56, 57).

25. Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi vasallam):

«Muhammad sizlardan biron erkakning otasi bo‘lgan emas. Lekin Allohning Rasuli va nabiylarning so‘nggisidir. Alloh har bir narsani o‘ta bilguvchidir» (Ahzob, 40)

Manba: Quran.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!