Qurbon hayiti 9 iyulga to‘g‘ri kelmoqda

Qurbon hayiti 9 iyulga to‘g‘ri kelmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazining ma’lum qilishicha, hijriy 1443 yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisobi bo‘yicha 2022 yil 30 iyun kuniga to‘g‘ri keladi.

Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida arafa kuni 2022 yil 8 iyulga to‘g‘ri keladi, haj ibodatini ado etayotgan ziyoratchilar Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.

9 iyul Qurbon hayiti sifatida rasman tasdiqlansa, o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

🗓 Jumladan:

9 iyul – shanba, Qurbon hayiti bayrami;
10 iyul – yakshanba, dam olish kuni;
11 iyul – dushanba, prezident farmoniga muvofiq barcha xodimlar uchun dam olish kuni;
12 iyul – seshanba:
a) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 16 iyul — shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!