Qo‘qon shahrida taqiqlangan giyohvandlik vositalarini sotgan shaxs qo‘lga tushdi

Qo‘qon shahrida taqiqlangan giyohvandlik vositalarini sotgan shaxs qo‘lga tushdi

Qo‘qon shahrida 2022 yilning 9 avgust kuni Farg‘ona viloyati IIB JQB va shahar IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, SH.Birlashuv ko‘chasida yashovchi SH.M.ning yashash xonadonida «Opiy» giyohvandlik vositasi va bir dona yelim idishdagi «Tropikamid 10 ml» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 500.000 so‘m evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!