Qo‘ng‘irotda soliq qarzdorliklari majburiy undirilmoqda
Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish ishlari jadallashtirilmoqda.
Xususan, bo‘lim tomonidan tuman soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda ishchi-guruhlar tuzilgan bo‘lib, ular jismoniy va yuridik shaxslarning soliq qarzdorliklarini undirish, shu orqali davlat byudjetiga pul yo‘naltirish ishlarini asosiy vazifa qilib qo‘yishgan.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida, soliq qarzdorligini undirishga oid jami 44 mlrd. 899 mln. so‘mlik 1 938 ta ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanib, shundan amalda 31 mlrd. 155 mln. so‘m undirilgan.
Qoldiqda bo‘lgan 37 mlrd. so‘mlik 1 218 ta ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida undiruv qarzdorlarning mol-mulklariga va ish haqlariga qaratilmoqda.
Masalan, joriy yilning 16-iyul kuni olib borilgan ijro harakatlari davomida, bo‘lim ish yurituvidagi qarzdor fermer xo‘jalikning 292 mln. so‘mdan ortiq soliq qarzi bo‘yicha unga tegishli “Volkswagen” rusumli hamda "Almas Saltanat" fermer xo‘jaligining 296 mln. so‘m soliq qarzi bo‘yicha unga tegishli “BYD” rusumli avtotransport vositalari tegishli tartibda xatlovga olingan.
Qarzdorlarga yuzaga kelgan soliq qarzi bartaraf etilmasa, xatlangan mulklar auksion savdosiga chiqarilishi haqida ogohlantirishlar berilgan.
Shu kabi qarzdorlar va ularning mol-mulki hisobidan undirilgan pul mablag‘lari davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy sohaning barqarorligiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Bu boradagi tadbirlar davom etmoqda.
