Qozog‘istonda mamlakatning turli hududlarida anomal issiqlik va yong‘in xavfi kutilmoqda

Qozog‘istonda mamlakatning turli hududlarida anomal issiqlik va yong‘in xavfi kutilmoqda

Qozog‘istonda havo harorati +45 darajagacha qiziydi va yong‘inlar ehtimoli yuqori, deb xabar bermoqda «Kazidromet»

Kelgusi o‘n kun ichida sinoptiklar mamlakatning ko‘plab hududlarida havo harorati maksimal darajaga ko‘tarilishini kutmoqda.

«G‘arbiy Qozog‘iston, Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau viloyatlarida termometr +40+45 gacha ko‘tariladi. Qo‘stanay viloyatida 11 iyundan 20 iyungacha havo +38 darajagacha isiydi. Shuningdek, ushbu hududlarda yuqori darajadagi yong‘in xavfi kutilmoqda», — deya xabar berdi «Kazgidromet».

Qozog‘istonning ko‘plab viloyatlarida jaziramadan tashqari shamol kuchayishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Sinoptiklar mamlakatning janubi-g‘arbiy viloyatlarida yoz issiq va quruq bo‘lishini taxmin qilayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!