Qozog‘iston prezidentini bir qator davlat rahbarlari tabrikladi

Qozog‘iston prezidentini bir qator davlat rahbarlari tabrikladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim Jomart-To‘qayevning tug‘ilgan kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatik vakolatxonalar rahbarlari va boshqalardan tabrik va telegrammalar keldi, deya xabar berdi NURKZ.

Qozog‘iston prezidenti nomiga tabrik telegrammalari Rossiya prezidenti Putin, Xitoy rahbari Si Szinpin, Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an, Belarus prezidenti Lukashenko, Qirg‘iziston prezidenti Japarov, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yo‘l va boshqalar tomonidan yo‘llangan.

Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston prezidenti Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Rahmon va Ozarbayjon prezidenti Aliyev telefon orqali Tokayevni tabrikladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!