Qozog‘iston ekologiya vazirligi 80 ming kiyikni otishga qaror qildi

Qozog‘iston ekologiya vazirligi 80 ming kiyikni otishga qaror qildi

Qozig‘iston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Serikqali Brekeshev Jayiq populyasiyasiga tegishli 80 ming bosh kiyikni otish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.

«Biologik asoslash yakunlandi. Olimlarning aytishicha, sayg‘oqlar sonini tartibga solish zarurati bor. Bu Jayiq populyasiyasiga tegishli. Hozirda ushbu kiyiklarning soni 800 mingdan oshadi, ularning 10 foizi, ya’ni 80 mingtasi tartibga solish dasturiga kiritlishi kerak», — dedi vazir parlament yalpi majlisidan so‘ng OAV vakillarining savoliga javob berar ekan.

Serikqali Brekeshev jurnalistlarga bergan javobida kiyiklar sonini tartibga solish deganda otish nazarda tutilishini aniqlashtirdi.

Shuningdek, u kiyik sonini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar populyasiyani cheklashni anglatmasligini ham ta’kidlab o‘tdi.

«Tartibga solish kiyiklar sonini saqlab qolish chora-tadbirlaridan biridir. Bunda ma’lum qoidalar mavjud. Bu zarur chora. Bu qishloq xo‘jaligi hayvonlari bilan nizolarning oldini olish uchun qilish kerak. Bugungi kunda G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida kiyiklar nafaqat yaylovlarga, balki ekin maydonlariga ham kirib boryapti. Demak, bu tomondan ham muammo bor», - dedi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!