Qorni och odam

A A A
Qorni och odam

Yurtimizda so‘nggi bir necha yilda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratildi. Asosiysi erkinlik berildi. Jumladan, ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy joriy etildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad — odamlarni kichik biznesga jalb etish,  tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va pirovardida odamlarni rozi qilishdir. Harqalay, xalqimizning farovon yashagani, yurtimizda tadbirkorlar ko‘paygani hammamizga birdek foyda keltiradi.
Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bo‘lganidek, mo‘may daromad topish maqsadida halol va haromning farqiga bormaydigan «tadbirkor»lar yon-atrofimizda ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Shunday paytlarda bunday erkinlik va moratoriy umumovqatlanish oshxonalari uchun emas ekan, degan fikrga borib qoladi kishi. 
Nega deysizmi?

Elektr bo‘lsa, basmi?
Ishtaha cho‘ntakka qarab ochiladi. Hamma ham sifatli va qimmat restoranlarda tushlik qila olmaydi. Oddiy odamlar uchun arzonginaga qorinni to‘yg‘azishning o‘zi muhim.
Keyingi paytlarda tadbirkorlik niqobi ostida odamlar gavjum joylarda, avtobekatlarda, xiyobonlarda tezpishar turli yeguliklar tayyorlab sotish avjga chiqdi. Bunday yo‘l-yo‘lakay ovqatlanish «budka»larida asosan gumma, pirojka, xot-dog, kabob kabi tezpishar taomlar tayyorlab sotiladi. Bunday joylardan xo‘randaning qadami uzilmaydi. Sababi aniq: nisbatan arzon... Sifat esa qorni ochni ham, hamyoni yupqa odamni ham qiziqtirmaydi.
Bunday shohobchalardagi sanitariya-gigiyena talablari to‘g‘risida umuman gapirmasa ham bo‘ladi. E’tibor bering, faqat elektr tokini tortib kelish bilan ovqatlanish yoki taom sotish shohobchasini ochish mumkinmi? Mumkin ekan... Bunga odamlar gavjum bo‘lgan har qadamda duch kelyapmiz. Da’vosi bitta vagoncha ekan, vassalom. Issiq suv, sovuq suv, kanalizasiya degan terminlar o‘tgan  asrda qolgan...
Bunday shohobchalarda sotiladigan tezpishar pirojka, cheburek, somsalar umuman gigiyena talablariga javob bermaydi. Ayniqsa, pishirish uchun ishlatiladigan yog‘ning sifatini ko‘rib, yoqa ushlaysiz. Qayta-qayta foydalanaverilganidan sariq rangli yog‘ qop-qora tusga kirgan. Mahsulotlar shunday ochiq holda atrofdagi ko‘rinmas chang-to‘zon bilan qorishib turadi.  Ba’zan bir kun oldingi mahsulotni ham isitib beraverishadi.
Bunday «tadbirkorlar» uchun yuqumli kasalliklar, oshqozon va ichakda o‘tkir yallig‘lanishlar... barchasi bekor gap. Ularga pul kelib cho‘ntaklari qappayib tursa bo‘ldi. Birovning salomatligi bilan boshlarini qotirib o‘tirishning nima keragi bor.
Salla desa kalla...
Mutasaddilar bu salbiy holatlarni ko‘rmaydi, ularni bu qiziqtirmaydi, deb o‘ylaysizmi? Xato qilasiz! Ular barchasini ko‘rib, bilib turibdi. Ammo, negadir jim. Chunki bugun tadbirkorlarga tegib bo‘lmaydi. Tekshirish bo‘yicha moratoriy e’lon qilingan-ku, axir.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, uning har bir viloyat, tuman, hatto bozorlarda bo‘limlari mavjud. Ammo menga tegmasang, men ham senga tegmayman naqlida ish yuritadi.
Nima emish, umumovqatlanish shohobchasini ochish uchun Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan beriladigan sertifikat talab qilinmasmish? 
Agar tashkilot nizomida oldiga qo‘yilgan vazifa va maqsadlar bilan tanishib chiqsangiz, bu zarur ekanligiga ishonchingiz komil. Demak, markaz bu salbiy holatlarga tomoshabin bo‘lmasdan, sertifikat zaruriyati masalasini kun tartibiga qo‘yish kerak emasmi? Qo‘yingchi, «budka»lar faoliyati uchun ham sanitariya talablarini qo‘yish vaqti yetmadimi? Masalliqlarning muzlatgichda saqlanishi, yeguliklarning sotuv jarayonida usti yopiq idishda turishi, idishlarni tozalash talablari, oshpaz va sotuvchi sog‘lig‘iga bo‘lgan talablar qo‘yilishi kerak emasmi? Axir, masala faqat tadbirkorlik sub’ekti faoliyati to‘g‘risida emas, odamlarning qimmatli sog‘lig‘i to‘g‘risida ketyapti-ku.
Bugun tayinli ishi bo‘lmasdan, ro‘zg‘origa to‘rt so‘m pul olib kiraman, deb ko‘chada taksichilik qilgan haydovchilarni bir guruh tashkilot bo‘lib quvib yurmasdan, bir kunda yuzlab odamlar taom yeydigan «budka»larga ham bir boshimizni suqib qo‘ysak bo‘lmaydimi?
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutasaddilarining topib olgan yana bir gapi bor: mavjud qonun-qoidalarga ko‘ra, sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlarining oshxona va kichik ovqatlanish shohobchalarida tekshiruv o‘tkazish huquqi yo‘q emish. Uzoqqa bormaylik, yaqin yillargacha oshxonalar «SES» xodimlarining tekshir-tekshirlaridan bezib qolishgan edi. Bu hech kimga sir emas. Istalgan oshxona yoki kafega borib so‘rasangiz bu haqda dardini doston qilishadi. Yaxshiyamki, tadbirkorlik faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarga chek qo‘yilgandan so‘ng, tashkilot o‘zida bunday vakolat yo‘qligini tushunib qolibdi. Ammo bu salla desa, kallani olish kerak degani emas. Mayli sanitariya-epidemiologiya nazorati noqonuniy ishlayotgan ovqatlashish shohobchalari va «budka»larni tekshirmasin, ammo, qo‘yiladigan talablar bo‘yicha yo‘riqnoma berishi, tushuntirishi yoki ogohlantirishi mumkinmi?
Ko‘z oldimizda tayyorlansa, halolmi?
Yana bir masala. Bugun sal qimmat bo‘lsada, bola-chaqamiz bilan «milliy taomlar» deb ataluvchi oshxonalarga borishni odat qilganmiz. Bunday oshxonalar go‘yoki xo‘randalarning e’tiborini jalb qilish uchunmi, taomlar nufuzlisi — norinni shundoqqina xo‘randalar ko‘z o‘ngida, ovqatlanish zalida tayyorlashadi. Axir, tumonat odam ovqatlanayotgan zalda ko‘rinmas tumonat changlar ham bor. Yana xo‘randalarning ichida birontasining gripp bilan shamollamaganiga yoki o‘pka kasalligi (sil va boshqalar) bilan og‘rimaganiga kim kafolot beradi? Xamirli yoki qo‘l mehnati ko‘p bo‘lgan bunday taomlar tayyorlanishi uchun maxsus xona va talablar bo‘lishi kerak emasmi? 
Bundan tashqari, e’tibor bergan bo‘lsangiz, bir qator ayollar tizilib olib gap sotib norin xamirini, qazisini maydalashadi. Sanitariya talabi bo‘lgan oddiygina qo‘lqop ham kiymagan ayollar ba’zan peshonasini artishsa, ba’zan telefoniga javob berishadi. Endi gigiyenani ko‘ravering.
Ma’lumki, o‘tgan yili yozda yurtimizda ommaviy zaharlanish holati ko‘p uchradi. Saboq og‘ir bo‘ldi. Mana yana jazirama kunlar oldimizda. Tegishli mutasaddilar xulosa chiqarib, oldindan tushuntirish ishlari, profilaktika  tadbirlarini olib borishidan umidvormiz. Biz ham ovqatlanish  shohobchalari, «budka»larni ommaviy ravishda tekshirish, jazolash yoki yopib tashlash fikridan yiroqmiz. Bu bilan yana bir muammoni paydo qilish mumkin. Chunki mana shunday xizmat ko‘rsatish orqali kimlardir ro‘zg‘or tebratyapti. Faqat ularga qonuniy hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda ishlashlari uchun yordam ko‘rsatish, sifat nazoratini yo‘lga qo‘yish kerak.

Muhammadsodiq TO‘RAYEV,
jurnalist

Manba: od-press.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.