Qoraqalpog‘istonga osmondan noma’lum temir jism tushdi (FOTO)

Qoraqalpog‘istonga osmondan noma’lum temir jism tushdi (FOTO)

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahri yaqinidagi Qipchoqdaryo aholi punkti yaqiniga osmondan noma’lum jism tushdi, deb xabar qildi Qaraqalpaqstan telekanali. 

Ma’lum bo‘lishicha, dastlab odamlar 3-4ta portlash ovozini eshitgan, keyin yorqin chiziqni ko‘rishgan. Temir shar yerga katta tezlikda kelib tushgan va uzoq vaqt davomida undan issiq havo chiqib turgan. Dumaloq temir shaklidagi sharning ikki tomonida uzunchoq chiqib turgan bo‘lagi bor. Bir tomoni pachoqlangan.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bunay sharlar 2014 yil Qozog‘iston, Peru, Braziliya va boshqa davlatlar hududlarida ham tushgan. Masalan Peruda tushgan sharning diametri 1 metr, og‘irligi 40 kg bo‘lgan. 

Qoraqalpog‘istonga osmondan noma’lum temir jism tushdi (FOTO)

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!