«Qora niyat» seriali yulduzida koronavirus aniqlandi

«Qora niyat» seriali yulduzida koronavirus aniqlandi

«Qora niyat» serialida suratga tushayotgan aktrisa Eda Ejeda COVID-19 aniqlandi. Bu haqda Posta nashri xabar berdi, deb yozadi Rus.Turkey.com.

Ma’lum qilinishicha, kasalligini tasdiqlagan aktrisa uyida davolanmoqda. Ayni vaqtda ahvoli ancha yaxshi bo‘lgan Eda imkon qadar tezroq ishiga qaytish niyatida. Bunga qadar suratga olish jamoasining boshqa uch a’zosida koronavirus aniqlangan. OAV 2020 yilning oktyabrida Eda Ejening  koronavirusga topshirgan test natijasi salbiy chiqqani haqida ma’lum qilgandi.

Eslatib otamiz, aktrisa «Qora niyat»da Yildiz Yilmaz qahramonini gavdalantirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!