Qodirov Rossiyaning Ukraina ustidan qozongan g‘alabasi rejalarini qayta ko‘rib chiqdi

Qodirov Rossiyaning Ukraina ustidan qozongan g‘alabasi rejalarini qayta ko‘rib chiqdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti 2024 yilda rus armiyasi g‘alabasi bilan yakunlanishiga ishonch bildirdi. 2023 yil fevralida u maxsus operasiya joriy yilning oxirigacha yakunlanishini ma’lum qilgan edi.

«Bizda yana bir qancha shaharlar bor. Va keyin biz Ukrainaning shaytoniy rahbariyatiga taslim bo‘lish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolash va nihoyat Ukraina xalqini G‘arb tomonidan butunlay yo‘q qilishdan ozod qilish imkonini beramiz. Ishonchim komilki, 2024 yilda barchamizni xushxabar va g‘alaba kutmoqda», — deb yozdi Checheniston rahbari telegramda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!