Qobulda portlash sodir bo‘ldi

Qobulda portlash sodir bo‘ldi

Portlash turar joyga kelib tushgan raketa natijasida ro‘y bergani aytilmoqda.

Afg‘oniston poytaxti Kobulning Shirpur tumanida portlash ro‘y berdi. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat Ichki ishlar vazirligi vakili Abdulnafi Takur ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, portlash turar joyga kelib tushgan raketa natijasida ro‘y bergan.

Hozircha hech qaysi guruh bu portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan. Kobul aholisi ertalab shaharda bir nechta portlash ovozini eshitishganini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!