Qiziq javob! NATO Rossiyani birgina sabab bilan yengishi mumkin

Qiziq javob! NATO Rossiyani birgina sabab bilan yengishi mumkin

Rossiya kasalxonalari yetarli emasligi sababli NATO bilan urushda yengiladi, deya ta’kidladi Robert Bekxasen "War is boring" jurnaliga nergan intervyusida.

Muallifning ta’kidlashicha, bugungi kunda Rossiya NATOga teng sharoitda qarama-qarshi turish uchun sobiq sovet ittifoqi kuchlarini maksimal darajada qayta tiklashga harakat qildi, ammo orqa tomon haqida mutlaqo unutdi.

Uning fikriga ko‘ra, keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlangan taqdirda, yaradorlar boradigan joy yo‘q, chunki tegishli tizim qurilmagan. Mamlakat dahshatli zarbalarni boshdan kechiradi, zero, harbiy harakatlar boshlanganida, yo‘qotishlar 100 mingga yaqinlashishi mumkin ekan.

Qayd etilishicha, Ukraina bilan chegaradosh hududlar zarar ko‘radi. Bryansk, Orel, Kursk va Belgoroddagi kasalxonalar gavjum bo‘ladi va ular asosan tinch aholini qabul qilishadi. Agar NATO samolyotlari shaharlarga bomba tashlasa, tinch aholi qurbon bo‘lishi muqarrar.

“War is boring” ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada malakali tibbiyot kadrlari etishmaydi, sog‘liqni saqlash tizimining o‘zi esa yetarlicha moliyalanmaydi. Katta shaharlarda hamma narsa juda yaxshi, ammo viloyatdagi holat qoniqarli emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!