Qish yaqin: Ukraina G‘arbning yordamisiz o‘zini tiklay olmaydi

Qish yaqin: Ukraina G‘arbning yordamisiz o‘zini tiklay olmaydi

Kiyev rasmiylari Rossiyaning energetika infratuzilmasi ob’ektlariga raketa zarbalari ko‘payishini kutmoqda va G‘arbdan shikastlangan ob’ektlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlarni Ukrainaga topshirishni so‘ramoqda. Bu haqda Politico Ukraina va Amerika rasmiylariga tayanib yozmoqda.

Nashrning yozishicha, Kiyev o‘zining g‘arbiy hamkorlariga vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklash uchun yetarli moddiy-texnik bazaga ega emasligini aytgan. Ukraina zaxira qismlari orasida generatorlar, quvurlar kerak.

Tanqislik yuzaga kelgan taqdirda, mamlakatda elektr va gaz taqchilligi davri yuzaga keladi, bu esa joylarda janglarni murakkablashtiradi va tinch aholining ko‘chishiga olib keladi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va logistika sohasida muammolarni keltirib chiqaradi.

“Bu biz hozir amerikaliklar va yevropaliklar bilan muhokama qilayotgan eng muhim masalalardan biri. Qish haqiqatan ham qattiq bo‘ladi”, dedi nashrga Ukraina hukumati maslahatchisi. Uning fikricha, energiya yetishmasligi mamlakat uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!