Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi Turkiya FETO tashkilotiga aloqadorlarning ro‘yxatini topshirganini rad etdi

Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi Turkiya FETO tashkilotiga aloqadorlarning ro‘yxatini topshirganini rad etdi

12 sentyabr kuni Qirg‘iziston poytaxtida o‘tkazilgan matbuot konferensiyasida Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbayev Turkiya FETO tashkilotiga aloqador 130 fuqaroning ro‘yxatini Qirg‘izistonga topshirgani haqida turk OAV tarqatgan ma’lumotni inkor qildi. “Turkiya tomoni hech qanday 130 kishilik yoki umuman shunga o‘xshash ro‘yxat bermagan”, dedi Xavfsizlik Kengashi kotibi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.

Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi paytida turk delegasiyasi qirg‘iz tomonga Fatxulloh Gulen tashkiloti a’zolari ro‘yxatini topshirib, ularni ekstradisiya qilishlarini iltimos qilgani haqdagi ma’lumotni turk gazetasi “Sebah“ tarqatgandi.

Bu masala Qirg‘iziston jamoatchiligida qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Kuni kecha Turkiya elchisi ro‘yxatlar borasidagi jurnalistlar savoliga javob berishdan bosh tortgandi. “Oldindan biror narsa deya olmayman, bu masalada hali muzokaralar yurgizilmoqda,” dedi elchi.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!