Qirg‘iziston O‘sh davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Qirg‘iziston O‘sh davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning O‘zbekiston tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.G‘. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 600 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!