Qibrayda 400 megavattli foto-elektr stansiyasini qurish boshlandi

Qibrayda 400 megavattli foto-elektr stansiyasini qurish boshlandi

Avvalambor, poytaxt ehtiyojini ta’minlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi.

Birinchisi - Qibrayda 400 megavattli foto-elektr stansiyasini qurish boshlandi. Shuningdek, bugungi tadbirda Yuqorichirchiqda 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Bo‘kada 300 megavattli stansiyalar loyihalariga start beriladi.

Bu loyihalarga 2 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar kiritilmoqda. Bu stansiyalar to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagandan keyin yiliga 6 milliard kilovatt-soat kafolatlangan elektr ishlab chiqaradi.

Bu stansiyalarning elektr energiyasi qo‘shimcha 2 million aholi va 30 ming korxona talabini ta’minlashga yetarli bo‘ladi.

Shuningdek, poytaxtda elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash uchun yangi podstansiyalar quriladi va mavjudlari yangilanadi, qo‘shimcha yuqori kuchlanishli tarmoqlar quriladi, issiqlik markazlari rekonstruksiya qilinadi, kogenerasiya texnologiyasi joriy qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!