"Qaytgan Azov polki qo‘mondonlari urush tugaguniga qadar Turkiyada yashaydi" - Zelenskiy

 "Qaytgan Azov polki qo‘mondonlari urush tugaguniga qadar Turkiyada yashaydi" - Zelenskiy

"Bir kun avval ozod etilgan beshta Azov qo‘mondoni urush tugaguniga qadar Turkiyada qoladi", deb ma’lum qildi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Facebook sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni kechqurun Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng ko‘lamli harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi, natijada Kiyev 215 ukrainalik asirni, shu jumladan Azov polki komandirlari va jangchilarini, Moskva esa 55 rus askari va Viktor Medvedchukni qabul qildi.

"Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ushbu jarayondagi yetakchi roli uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz ozod etilgan besh nafar Azov qo‘mondoni urush tugaguniga qadar Turkiyada qulay sharoitda bo‘lib, o‘z oilalari bilan uchrasha olishiga kelishib oldik", — deydi Ukraina prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!