Qaysi toifadagi shaxslarga benzin uchun yangi miqdordagi kompensasiya puli beriladi?

Qaysi toifadagi shaxslarga benzin uchun yangi miqdordagi kompensasiya puli beriladi?

"O‘zbekneftgaz" AJ axborot xizmatiga ko‘ra, bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi oylik pul kompensasiyasi sifatida to‘lanadi.

Hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyaning 2024 yil 15 martdagi qarori bilan ushbu turdagi kompensasiyaning yangi miqdori belgilandi.

Unga ko‘ra, benzin uchun kompensasiya miqdori 2024 yil I chorakdan boshlab 124 780 so‘mni tashkil qiladi. Qayd etish joizki, benzin uchun kompensasiya miqdori 2023 yil II choragida 55 foizga oshirilib, 116 180 so‘mni tashkil qilgan edi. III choragida esa ushbu miqdor 119 640 so‘mga, IV chorakdan boshlab 120 660 so‘mga oshirilgan.

Benzin uchun kompensasiya to‘lovlari «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan moliyalashtiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar, I va II guruh bolalikdan nogironlar oylik pul kompensasiyasi olish huquqiga egadir.

Eslatib o‘tamiz, kompensasiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yashash joyi bo‘yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!