Qatarliklar "Manchester Yunayted" uchun 6 milliard funt to‘lashga tayyor

Qatarliklar "Manchester Yunayted" uchun 6 milliard funt to‘lashga tayyor

Qatar shayxi «Manchester Yunayted» uchun rejadan ham ko‘proq pul to‘lashga tayyor.

Oldinroq Jasim bin Hamad Al Tani ingliz klubi uchun 4,5 milliard funt taklif qilgandi. Jamoaga ega bo‘lgan Gleyzerlar oilasi «Manchester Yunayted»ni kamida 6 milliard funt sterlingga sotmoqchi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, Al Tani endi klub uchun «ortiqcha pul to‘lashga tayyor» va Gleyzerlar so‘ragan 6 milliard dollarga yaqin miqdorni taklif qilmoqda.

Qatarlik investorlarning pozisiyasi delegasiyaning Manchesterga tashrifidan keyin yumshadi.

Bugun klub manziliga yetib kelgan britaniyalik milliarder Jim Retkliff hamon «MYu»ni sotib olishga da’vo qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!