Qatag‘on qilingan o‘zbek arboblarining ismlari Rossiyada xotirlandi

Qatag‘on qilingan o‘zbek arboblarining ismlari Rossiyada xotirlandi

Zamonaviy o‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshlarini qo‘ygan siyosiy arboblar nomlari Rossiyada barpo etilgan Qatag‘on qurbonlari xotira devoriga bitildi.

Xotirlash aksiyasiga bosh bo‘lgan Xalqaro Memorial jamiyatining aytishicha, NKVDning maxsus qatlgohi bo‘lgan “Kommunarka”da 1932 yildan to 1941 yilgacha 11,4 ming mahbus qatl etilgan. Shulardan 6609 nafarining shaxsi aniqlangan va ismi Xotira devorida aks ettirilgan. Aniqlanganlar ichida yoppasiga qatag‘onga uchragan zamonaviy O‘zbekistonning ilk rahbarlari Fayzulla Xo‘jayev, Turor Risqulov, Akmal Ikromov, Nazir Turaqulov nomlari ham mavjud.

“Kommunarka” 1930-40 yillarda Ichki ishlar xalq komissiariyati (NKVD)ning maxsus poligoni bo‘lgan. U qatag‘onga uchragan shaxslarga e’lon qilingan o‘lim hukmi ijro etiladigan maxsus joy edi.

Bu yerda asosan milliy respublikalar va xorijdagi kompartiyalarning yuqori lavozimli mansabdorlari qatl etilgan. Qatl hukm chiqqan vaqtning o‘zida amalga oshirilgan.

Turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!