Qashqadaryoni Samarqand va Buxoro bilan bog‘lovchi 3 ta karantin postlari tashkil etildi 

Qashqadaryoni Samarqand va Buxoro bilan bog‘lovchi 3 ta karantin postlari tashkil etildi 

Qashqadaryo viloyatini qo‘shni Samarqand va Buxoro viloyatlari bilan bog‘lovchi yo‘llarda jami bo‘lib 3 ta karantin postlari tashkil etilgan. Ushbu postlarda viloyat IIB YHXB, Milliy gvardiya va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari xizmat olib borishmoqda. Toshkent shahriga boruvchi fuqarolar ushbu karantin postlaridan chiqishlariga yo‘l qo‘yilmayapti.

Boshqa kiruvchi va chiquvchilar uchun cheklov o‘rnatilmagan bo‘lib, barcha transport vositalari dezinfeksiya qilinganidan so‘ng postlardan o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!