Joylarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
1️⃣ Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “U.S.” MCHJ mas’ul shaxslari MCHJga qarashli bozor hududidagi elektr hisoblagichlarga tashqi ta’sir o‘tkazib, 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
2️⃣ Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.A.” MCHJ mas’ul shaxslari Yangiobod tumani, “Do‘stlik” MFY hududidagi yer maydonida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 3,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
3️⃣ Departamentning Qibray tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.S.” MCHJ mas’ul shaxslari “Uzumzor” MFY hududidagi binosida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 279,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
4️⃣ Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "P.P." MCHJning “Birlik” MFY hududidagi qurilishi tugallanmagan binosida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 180,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
5️⃣ Departamentning Buvayda tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.R. “Ozod” MFY hududidagi ustaxonasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 137,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
6️⃣ Departamentning Norin tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.SH. “Norinkapa” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 120,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
7️⃣ Departamentning Olmazor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.S. “Chiltug‘on” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 111,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
