Qashqadaryodagi ko‘pqavatli uyga kirib olgan ilon tutildi

Qashqadaryodagi ko‘pqavatli uyga kirib olgan ilon tutildi

Qashqadaryo viloyati FVB qutqaruvchilari ko‘pqavatli uyga kirib olgan ilonni tutib olishdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Voqea Qarshi shahridagi 5 mikrorayonda kuzatilgan. A.X. ismli fuqaro viloyat FVB navbatchilik qismiga uyiga ilon kirib olganligi haqida ma’lum qilgan.

Qutqaruvchilar sanoqli daqiqalarda, zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va “chaqirilmagan mehmon”ni tutishgan. Shu tariqa xavf bartaraf etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!