Qashqadaryoda yuridik universitet filiali ochiladimi?

Qashqadaryoda yuridik universitet filiali ochiladimi?

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan onlayn muloqot chog‘ida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri “Qarshi shahrida Toshkent davlat yuridik universitetining filiali ochiladimi?” deya savol berildi.

“Universitet filialini ochish aytishga oson, — dedi adliya vaziri. — Buning uchun shu sohada ta’lim bera oladigan professor o‘qituvchilar, moddiy-texnik baza va inson resurslari yetarli bo‘lishi kerak.

Ayni paytda Nukus, Namangan, Samarqand davlat universitetlarida huquqshunoslik fakultetlari ochilgan. Nisbatan yaqin hudud bo‘lgani uchun Qashqadaryodan Samarqandga kelib o‘qish mumkin”.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning onlayn muloqotidan olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!