Qashqadaryoda ukasining oyoq-qo‘llarini sim bilan bog‘lab, tiriklayin yoqib yuborgan akaga hukm o‘qildi

Qashqadaryoda ukasining oyoq-qo‘llarini sim bilan bog‘lab, tiriklayin yoqib yuborgan akaga hukm o‘qildi

2021 yilning avgustida Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida aka o‘z ukasining oyoq-qo‘llarini sim bilan bog‘lab, tiriklayin yoqib yuborgan edi. Qashqadaryo viloyat sudi axborot xizmati rahbari Farhod Tilavov «Daryo»ga xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida ukasining qotiliga aylangan aka ishi ko‘rib chiqilgan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, marhum E.A. mast holda doimiy ravishda onasi S.D.ni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, janjal qilib kelgan. 31 oktyabr kuni soat 14:00 da mast holda onasi bilan yana janjallashib, uni haqoratlab uydan chiqib ketganini eshitgan akaning jahli chiqqan. U ukasi shu qishloqdagi choyxonada sinfdoshlari bilan spirtli ichimlik ichib o‘tirganini bilib, choyxonaga borib, ukasini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Gentra’da uyiga olib kelgan.

So‘ngra uni urib, qo‘l va oyoqlarini sim bilan bog‘lab, shu kuni soat 22:00 da ukasini qasddan o‘ldirish maqsadida, o‘zining avtomashinasi yukxonasiga joylab, G‘uzor tumani Pachkamar qishlog‘idagi adirlikka olib borib, ustiga benzin sepib yoqib yuborgan va qasddan o‘ldirgan.

1 noyabr kuni Pachkamar qishlog‘idagi eski gips konidan qo‘l oyog‘i sim bilan bog‘langan, kuyish jarohati oqibatida vafot etgan jasadning ortidan olib borilgan tezkor tadbir davomida aka ushlangan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasiga (qasddan odam o‘ldirish) ko‘ra aybdor deb topilgan va 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!