Qashqadaryoda 15 dona rasiyadan ruxsatnomasiz foydalangan MCHJ aniqlandi

Qashqadaryoda 15 dona rasiyadan ruxsatnomasiz foydalangan MCHJ aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, “Qo‘rg‘oncha” va “Navruz” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida olib borilgan tezkor tadbirlarda ushbu hududda joylashgan MCHJda 15 dona Baofeng BF888S rusumidagi rasiyadan ruxsatnomasiz foydalanib kelingani aniqlandi.

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy sho‘basi tomonidan ushbu huquqbuzarlik sabablari o‘rganib chiqilib, MCHJ egasiga nisbatan chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!