Qarz shartnomasi haqida nimalar bilamiz?

A A A
Qarz shartnomasi haqida nimalar bilamiz?

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi ning 732-moddasida qarz shartnomasining tushunchasi quyidagicha ifodalangan: “Qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi”.

Qarz oluvchining pul va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolardan foydalanishi faqatgina ularni iste’mol qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli, qarz oluvchiga qarz ob’ektidan foydalanish muddati tugagandan so‘ng aynan shu pul yoki ashyoni qaytarish majburiyati yuklanishi mumkin emas. Qarz shartnomasining konstruksiyasiga yaqin bo‘lgan ba’zi shartnomalar (tekin foydalanish, mol-mulkni ishonchli boshqarish)da esa shartnoma ob’ekti foydalanish jarayonida o‘zining xususiyatlarini yo‘qotmaydigan individual – belgilangan ashyolar bo‘lganligi sababli aynan olingan ashyoning o‘zi qaytarilishi talab qilinadi.

Qarz shartnomasi shartiga ko‘ra, qiymatga ega olingan narsa shartnomada ko‘rsatilgan vaqtda qaytarilishi lozim. Bordi-yu, qaytarish muddati shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qarz qarzni beruvchi talab qilgan vaqtda qaytarilishi kerak.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugun qarz bilan kredit bitta shartnoma deb o‘ylaydiganlar ham uchramoqda. Aslida esa unday emas. Ularning farqli jihatlari mavjud.

Kredit bu — bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan jismoniy va yuridik shaxsga ma’lum kelishilgan shartlar bo‘yicha aniq muddatga beriladigan mablag‘dir. Ya’ni olingan kreditni o‘rnatilgan grafik bo‘yicha qaytarish va unga to‘lanadigan foizlarni to‘lash majburiyatini siz o‘z zimmangizga olasiz.

Qarz esa birinchi tomon ya’ni qarz beruvchi qarz oluvchiga pul va boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarzni bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib qaytaradi. Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

Fuqarolik kodeksining 733-moddasida qarz shartnomasining shakli ko‘rsatilgan bo‘lib, fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning miqdori eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa, summasidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Bundan esa, eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq bo‘lmagan pul summasi qarzga berilgan holatlarda shartnoma og‘zaki shaklda ham tuzilishi mumkinligi anglashiladi.

Amalda qarz shartnomasi qarz oluvchi tomonidan qarz beruvchiga tilxat berish orqali rasmiylashtiriladi. Bu qoida ham faqat fuqarolarga nisbatan qo‘llanadi. Chunki, yuridik shaxsning rahbari yoki bosh hisobchisi va vakil sifatida biror xodimi yuridik shaxsning muayyan summadagi pulni qarzga olganligi xususida tilxat berish huquqiga ega bo‘lolmaydi. Qarz tilxati qarz oluvchining imzosi bilan tasdiqlanadi va prosessual jihatdan dalilga tenglashtiriladi.

Fuqarolik kodeksining 733-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoxud muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.

Albatta, qarz shartnomasi bilan bog‘liq nizolarni hal etishda majburiyatni ijro etish muddati belgilanmagan bo‘lsa, Fuqarolik kodeksining 735-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda qarz oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarishni talab qilgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida qaytarishi kerakligi inobatga olinishi lozim.

Qarz shartnomasi umumiy qoidaga ko‘ra haq evaziga tuziladigan shartnoma hisob­lanadi, foiz miqdori esa (agar faqat qonun yoki shartnomada foiz to‘lanmaslik xususiyati o‘rnatilmagan bo‘lsa), FKning 734-moddasiga binoan shartnoma bilan belgilanadi. Ushbu shartnomada foiz miqdori haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar bo‘lmasa, boshqa shaxslarning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foiz to‘lash FKning 327-moddasidagi qoidalarga binoan amalga oshiriladi.

Ushbu moddada belgilangan boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, qaytarib berishdan bosh tortish, to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg‘arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‘lar summasiga foiz undirishni fuqarolik-huquqiy javobgarlikning alohida, o‘ziga xos bir chorasi deb hisoblash mumkin.

Taraflarning kelishuviga binoan foizlar pul yoki natura shaklida to‘lanishi mumkin, bu qarzning predmetiga bog‘liq bo‘lmaydi.

Qarz shartnomasi bo‘yicha foizlar taraflar tomonidan kelishilgan har qanday holatda to‘lanishi mumkin, maxsus ko‘rsatma bo‘lmagan taqdirda esa har oyda, ammo shartnomada qarz summasini qaytarish muddatigacha emas, balki uning haqiqiy qaytarilishi kunigacha to‘lanib borilishi lozim.

Shartnoma ob’ekti turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar bo‘lgan vaziyatlarda qarz shartnomasi matnida ushbu ashyolarga bog‘liq quyidagi jihatlar ko‘rsatilishi lozim:

1) qaytarilishi lozim bo‘lgan ashyolarning nomi va miqdori;

2) ashyolarning assortimenti, sifati va turkumi (komplektliligi);

3) ashyolarning qarz beruvchidan olingan ashyolarga muvofiqligini tekshirish tartibi;

4) ashyolarni qarz beruvchiga yetkazib berish;

5) qarz beruvchiga qaytarilgan ashyolardagi nuqsonlarni aniqlash, ularni qayd etish va qarz beruvchiga e’tiroz bildirish muddati va tartibi.

Qarz oluvchi pul yoki boshqa ashyolarni qarz beruvchidan amalda olmaganligini yoki shartnomada ko‘rsatilganidan kam miqdorda olganligini isbot qilib, qarz shartnomasi yuzasidan da’volashishga haqli.

Elbek Jo‘rayev,

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

«Real»da «tozalash» ishlari: Faqat 5 futbolchi «dahlsiz»

Мадриднинг «Реал» клуби раҳбарияти кетма-кет муваффақиятсизликлар ва кийиниш хонасидаги доимий жанжаллар фонида таркибни жиддий тарзда қайта кўриб чиқишга қарор қилди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Tramp: "Dunyodagi eng faol terrorchisi yo‘q qilindi"

Америка етакчиси баёнотни ўзининг Truth Social саҳифасида эълон қилди.

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i: "Ukraina urushni tugatishga tayyor"

Бу ҳақда Украина Қуролли Кучлари Бош штаби бошлиғи генерал-лейтенант Андрей Гнатов айтиб ўтди.

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Унинг сўзларига кўра, Украина махсус хизматлари пойтахт ва мамлакатнинг бошқа шаҳарларидаги бўлажак ҳужумлар нишонлари батафсил кўрсатилган Россия ҳужжатларига эга.

Tyumenda favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan samolyot ekipaji Tobolskka olib ketiladi

Бу ҳақда ТАСС агентлигига вилоят ҳукумати ахборот маркази маълум қилди.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.