Qarshida qidiruvga berilgan 15 yoshli bolaning jasadi kanal yonidan topildi

Qarshida qidiruvga berilgan 15 yoshli bolaning jasadi kanal yonidan topildi

Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi 2007 yilda tug‘ilgan T.D. joriy yilning 21 sentyabr kuni soat 15:00larda uyidan velosiped bilan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Shundan so‘ng, uning yaqinlari bolani qidiruvga berdi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bola jasadi Qarshi magistral kanali yonidan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan "Nasafnews" so‘roviga javoban ma’lumot bergan Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga xabariga ko‘ra, hozirda Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, bolaning kanaldan jasadi oqib ketayotganda fuqarolar tomonidan olib chiqilgan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!