Qarshida Milliy gvardiyaga ishga joylashni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi​​​​​​​

Qarshida Milliy gvardiyaga ishga joylashni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi​​​​​​​

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Muqaddam 3 marotaba firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro I.M. fuqaro X.ni 2 000 AQSh dollari evaziga Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi tizimiga tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishga ishontirib, 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!