Qanday go‘shtlarni sotish taqiqlanadi? E’tiborga olib qo‘ying

Qanday go‘shtlarni sotish taqiqlanadi? E’tiborga olib qo‘ying

Kun issiq. Boz ustiga, ijtimoiy tarmoqlarda jaziramada qolib ketgan xom go‘shtlar suratlari qo‘yilib, umumiy ovqatlanish muassasalariga tegishliligi da’vo qilinmoqda.

Bular bari tabiiy savolni o‘rtaga tashlamoqda: qanday hollarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi hollarda:

* so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;

* go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transportda yetkazib berilgan bo‘lsa;

* veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;

* ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining F-200 shakldagi ma’lumotnomasi bo‘lmasa;

* veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma’lumotnomasi) bo‘lmasa;

* oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan bo‘lsa;

* xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan holatda bo‘lsa;

* veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan bo‘lsa – go‘sht sotilishi taqiqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!