“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi jarlikka quladi, haydovchi kuyish natijasida vafot etdi

“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi jarlikka quladi, haydovchi kuyish natijasida vafot etdi

Kecha, 12 iyun kuni “Qamchiq” dovonida baxtsiz xodisa yuz bergan. IIV Matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatining Pop tumanida haydovchi S.Olimov (ismi) DAF yuk avtomashinasini “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha haydab ketayotib “Qamchiq” dovonidan tushayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan.
 
So‘ngra  qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib, yo‘l chetidagi temir to‘siqlarni ham buzib jarlikka tushib ketgan.
 
Natijada yuk avtomashinasi to‘liq yonib ketgan. Haydovchi S.Olimov esa kuyish jarohati bilan voqea joyida halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!